ÖzMU kutubxonasidan yöqolgan bölişi taxmin qilinayotgan önlab nodir qölyozmalar bilan boğliq holat Boş prokuratura tomonidan örganilmoqda. Bu haqda boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma’lum qildi.
Örganiş natijalari haqida alohida xabar berilişi bildirilgan.
Kun.uz saytida 23 dekabr kuni 2019 yildagi ta’mirlaş işlaridan söng Özbekiston Milliy universitetining nodir qölyozmalar saqlanadigan muzeyi faoliyati tiklanmagani haqida xabar berilgan edi.
Tahririyatga murojaat qilgan vaziyatdan xabardor şaxslarning aytişiça, nodir kitoblar va qölyozmalar saqlanayotgan muzey 3 yildan buyon qayta oçilmayotgani u yerdagi qimmatbaho va öta nodir hisoblangan 100dan ortiq kitoblar sotib yuborilgani bilan boğliq bölişi mumkin.
Xususan, jahon bozorida bahosi bir neça million dollarga yetadigan, XIII asrga oid Abu Bakr Sobuniyning qölyozma asari, Şarafiddin Ali Yazdiyning XV asrda yozilgan «Muqaddimai Zafarnoma» qölyozma kitobi, Alişer Navoiyning tilla suvi yuritilgan «Xamsa» dostoni va boşqa önlab nodir qölyozmalar qayerdaligi noma’lum.
ÖzMU rektorati vaziyat yuzasidan izoh bermadi.








