Surxondaryo viloyati Şerobod tumanida arxeologik tadqiqotlar olib borilganda paleolit davriga oid yodgorlik topilgan. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimlari tomonidan Şerobod tumanidagi Köhitangtoğ toğ tizmasi hududida dala tadqiqotlari ötkazilgan. Dastlabki kuzatuvlar natijasida yodgorlik yer sathidan köplab toş uzaklar, ularning parçalari, uçrindi va plastinalar hamda qurollar yiğib olingan.

Yodgorlik madaniy qatlamlari holatini aniqlaştiriş uçun 1x2 metr hajmida şurf qazilgan. Qazuv işlari yer sathidan yarim metr çuqurlikda qoyatoş yotqiziqlarida töxtatilgan. Qazuv işlari natijasida yodgorlik bitta madaniy qatlamdan iborat ekani aniqlangan. Madaniy qatlam kul va kuyindi qoldiqlari bilan qoplangan qoramtir, mayda tarqoq tuproqdan tarkib topgan bölib, unda ham köplab toş buyumlar va yovvoyi hayvon suyak qoldiqlari topilgan.

Uşbu yodgorlik hududda ilgari topib örganilgan Teşiktoş yodgorligiga xronologik va madaniy jihatdan öxşaşligi ma’lum bölgan. Yodgorlikdan topilgan toş buyumlar örta paleolit davriga tegişli bölib, toşga işlov beriş texnikasi va toş buyumlar madaniy jihatdan aynan Teşiktoş yodgorligi an’analarini takrorlaşi aniqlangan.

Qayd etilişiça, Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimlari mazkur yodgorlikda tadqiqot işlarini davom ettirişni rejalaştirmoqda.