Foreign Policy kelasi yili yuz berişi mumkin bölgan 10 ta eng yirik nizoni taxmin qildi. 

Mualliflarning fikriça, Ukraina eng qaynoq nuqtalardan biri bölib qolmoqda.

«Putin Ukrainaning alyansga qöşilişi ğoyasini inkor etib, NATO bilan munosabatlarda yangi çiziq tortdi. Rossiya NATOning şarqqa kengayişining oldini oladigan va uning faoliyatini çeklaydigan yangiça tartibni taklif qilmoqda», — deyiladi maqolada.

Naşr şuningdek, Efiopiyadagi federal markaz va Tigraydagi isyonçilar örtasidagi nizoga e’tibor qaratgan.

Bundan taşqari, Afğoniston, Yaman, Haiti va Myanmada vaziyat keskinlaşişi taxmin qilinmoqda.

Mualliflar AQŞ va Xitoy, Isroil va Falastin hamda Eron-AQŞ-Isroil munosabatlari keskinlaşişi mumkinligidan ogohlantirgan.

Naşr Afrikada «Boko Haram» va «Aş-Şabob» jangarilari faollaşganidan xavotir bildirgan.