Uşbu holat videosida himoya kiyimida bölgan odamlar bir neça qoidabuzarni köçalar böylab olib yurganini köriş mumkin. Qoidabuzarlar ham boşdan oyoq himoya kiyimida bölgan va xalq ularning kimligini bilişi uçun böynilariga suratlari tuşirilgan hamda ismlari yozilgan plakatlar ilib qöyilgan. Şuningdek, videoda jarayonni qurollangan politsiyaçilar nazorat qilayotganini köriş mumkin.
Xabarda ta’kidlanişiça, Xitoyda 2010 yilda qonunbuzarlarni namoyişkorona jazolaş amaliyoti bekor qilingan. Biroq Tszinsi uyezdi joylaşgan Guansi-Çjuan muxtor tumanida birorta kasallaniş holatiga yöl qöymaslik maqsadida jazolaşning bu usuliga qaytişga qaror qilingan.
Avvalroq Britaniyaning Mirror naşri Xitoyning 13 mln kişilik Sian şahri aholisi koronavirus tarqalişi avj olgani sababli uylaridan çiqarilmayotgani va şu sababli oziq-ovqat zaxiralari tugab, oç qolganlarini ma’lum qilgan. Ta’kidlanişiça, aholiga faqatgina şoşilinç tibbiy yordam oliş yoki koronavirusga test topşiriş uçungina uylarini tark etişga ruxsat berilgan.








