Britaniyada davlat xizmatçilariga “Brexit” sözini qöllamaslik va “Britaniyaning Yevropa ittifoqidan çiqişi”ga iqtibos keltirmaslik tavsiya qilindi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar berdi.

Ta’kidlanişiça, hukumat öz xodimlariga “Brexit” sözini işlatişdan qoçişni tavsiya qilgan. Uşbu sözning faqatgina tarix bilan boğlangandagina qöllanişiga ruxsat berilgan.

“Xodimlarga, şuningdek, “ötiş davri” (transition period) atamasidan voz keçiş tavsiya qilingan. Uşbu atama Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan çiqişi holatiga London va Bryussel kelgusi munosabatlari uçun şartlarni işlab çiqqan oylarga taalluqli”, deb yozilgan naşrda.

Britaniyaning Yevropa ittifoqidan çiqişi böyiça referendum 2016 yilda bölib ötgan. Öşanda Britaniyaning Yevropa ittifoqidan çiqişi, ya’ni Brexit tarafdorlari 51,9 foiz ovoz bilan ğalaba qozonişgan. Birlaşgan Qirollikning turli qismlarida ovoz beriş natijalari bir-biridan farqlangan: Şotlandiya va Şimoliy Irlandiyada Yevropa ittifoqidan çiqişga qarşi bölişgan, Angliya va Uelsda esa Brexit qöllab-quvvatlangan.