Portugaliyalik 6 nafar ösmir 33 ta davlat ustidan Yevropaning inson huquqlari böyiça sudiga arz qildi. Arznomada nomlari keltirilgan davlatlar iqlim özgarişlariga qarşi kuraş böyiça bergan va’dalarini bajarmayotganlikda ayblangan, deb xabar berdi BBC News telekanali.

Ösmirlar inson huquqlari haqidagi qonunlarga tayanib, Yevropa davlatlari siyosatçilarini global isiş muammosini faolroq yeçişga undaşmoqçi.

Arznomani 13 yoşli Olivera, uning 16 yoşli opasi Sofiya va ularning 4 nafar dösti bergan. Ularga sudga arz qiliş fikri Portugaliyada örmon yonğinlaridan körilgan zarar ma’lum qilingandan keyin kelgan.

Portugaliyada örmon yonğinlari 2017 yilda yuz bergan. Öşanda 53 ming gektar maydon olov içida qolgan, 66 kişi halok bölgan, 485 oila boşpanasiz qolgan. Yonğinlarga iqlim özgarişi sababli hukm surgan rekord darajadagi issiq havo sabab bölgan.