AQŞning Tesla kompaniyasi 500 mingga yaqin Model 3 va Model S elektrokarlarini yukxona va kapotdagi muammolar sababli ortga çaqirtirib oladi. Bu haqda kompaniyaning AQŞning yöllardagi harakat xavfsizligi boşqarmasiga (NHTSA) yöllagan maktubiga tayanib Barron’s naşri xabar berdi.

Kompaniya NHTSA’ni 2017—2020 yillarda işlab çiqarilgan Model 3 va 2014-2021 yillarda işlab çiqarilgan Model S avtomobillarida yukxona va kapotning oçib-yopilişida muammolar borligidan xabardor qilgan.   

Tesla’da ta’kidlanişiça, 355 mingdan köproq Model 3’da yukxona oçib-yopilganda ortni köriş kameralari simlari şikastlanişi mumkin. Bu monitorga kameradan signallarni uzatişda muammo keltirib çiqarişi mumkin. Şuningdek, 120 mingga yaqin Model S’da kapotni yopuvçi lökidon öz joyidan siljişi ehtimoli mavjud. Bu esa harakat vaqtida maşina kapoti oçilib ketişiga olib keladi. 

Maktubda ta’kidlanişiça, uşbu ikki nosozlik ham avtohalokat yuz berişi ehtimolini oşiradi. Kompaniya ortga qaytarilayotgan maşinalarni tekşirib, nuqsonlar topilsa, ularni bartaraf etişini aytgan.