Xitoy 2021 yilda fazoviy parvozlar böyiça jahon rekordini örnatdi. Space News naşrining xabar berişiça, Xitoy yakunlanayotgan yilda fazoga 55ta raketa-taşuvçini uçirgan va bu 2020 yilga nisbatan 40 foiz köproqni taşkil qiladi.
Xitoy aerokosmik fan va texnika korporatsiyasining ta’kidlaşiça, mamlakat bu körsatkiç böyiça ilk bor AQŞdan özib, dunyoda 1-öringa çiqib oldi.
Xitoy oktyabrda joriy yildagi 40-parvozni amalga oşirib, özining rekordini yangilaşga muvaffaq bölgandi. Xitoyning 39ta parvozdan iborat avvalgi rekordi 2018 yilda qayd qilingan va 2020 yilda takrorlangandi.
30 dekabrda Pekin vaqti bilan soat 00:43da Xitoy joriy yildagi oxirgi fazoviy parvozni amalga oşirdi. Uning davomida Siçan kosmodromidan orbitaga “Çançjen-3B” raketa-taşuvçisi yordamida “Şiyan-9” tajribaviy aloqa sun’iy yöldoşi çiqarildi.








