Prezident Şavkat Mirziyoyev taniqli davlat arbobi Qallibek Kamalovning rafiqasi, Qoraqalpoğiston Jöğorği Kengesi Raisi Murat Kamalovning onasi Lyubov Kamalova vafoti munosabati bilan telefon orqali ta’ziya bildirdi hamda hamdardlik maktubi yölladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar berdi.
«Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Özbekiston musulmonlari idorasi, boşqa davlat va jamoat taşkilotlari vakillari hamda qoraqalpoğistonlik faollar bilan birgalikda Nukus şahrida Kamalovlar xonadonida bölib, Lyubov ayaning oilasi va yaqinlariga ta’ziya bildirdik, Prezidentimiz va xalqimizning hamdardlik sözlarini yetkazdik», deb yozadi Şerzod Asadov.

Ma’lumot uçun, marhum Lyubov Semyonovna Kamalova 1927 yilda Samarqand viloyatining Narpay tumanida tuğilgan. U uzoq yillar davomida oliy ta’lim muassasalarida mehnat qilgan.
Lyubov Kamalova 3 yanvar kuni 95 yoşida Nukusda vafot etgani haqida oldinroq xabar bergandik.








