Xitoy AQŞni Guantanamo qamoqxonasini zudlik bilan yopiş va mahbuslarni qiynoqqa solgan barça şaxslarni javobgarlikka tortişga çaqiradi. Bu haqda Xitoy taşqi işlar vazirligi vakili Van Venbin ma’lum qildi.

"Guantanamo qamoqxonasi – inson huquqlari tarixidagi qora sahifa", - dedi diplomat.

Uning sözlariga köra, Guantanamo qamoqxonasiga dastlabki mahbuslar keltirilganidan buyon ötgan 20 yil davomida mahbuslarning qiynoqqa solinişi töğrisidagi maqolalar gazetalar sahifalarida köp marta çop etilgan. 

"Aslida, Amerika tomonidan taşkil etilgan maxfiy qamoqxonalar butun dunyoda bor, Guantanamo – aysbergning uçi xolos", - dedi Van Venbin.

U AQŞ Guantanamo va butun dunyodagi maxfiy qamoqxonalarni yopişi, jabrlanganlardan uzr sörab, kompensatsiya tölaşi, qiynoq qöllaşga buyruq bergan va bu buyruqni ijro etganlarni javobgarlikka tortişga çaqirdi.

Guantanamo qamoqxonasi 2002 yilda taşkil etilgan. Unga Afğonistondagi va boşqa antiterror operatsiyalarda asirga olinganlar taşlangan.

2009 yilda kiçik Jorj Buş örnini egallagan prezident Barak Obama qamoqxonani 12 oy içida yopiş töğrisidagi buyruqni imzolagandi. Ammo Guantanamo qamoqxonasi hozirgaça faoliyat yuritmoqda.