«Soxta pullarni boyiş uçun yasamaganman» - SSSRning birinçi raqamli qalbaki pul tayyorlovçisi
|02:06 / 15.01.202263 25617 min
Insoniyat pul işlata boşlagandan buyon muğombirlar soxta pul yasaşga urinib keladi. Albatta, bu işning oxiri voy. SSSRda 70-yillarda soxta pul tayyorlaş bilan şuğullangan Viktor Baranov ham foş etilgaç, 12 yilga qamalgan.
SSSR şunday mamlakat bölganki, bu yerda şov-şuvli voqealar ommadan yaşirilgan. Ötgan asrning 70-yillarida mamlakatni uluğlovçi «tarğibot maşinasi» faol işlagani uçun SSSRda soxta pul tayyorlanganiga odamlarni işontirib bölmasdi. Ammo bu işni qilganlar va öz vaqtida u yaxşigina şov-şuvlarni keltirib çiqargandi.
Soxta pullarning aniqlanişi
1974 yilda SSSRning bir qança hududlarida bank xodimlari pullar orasidan 25 va 50 rubllik soxta banknotlar çiqayotgani haqida organ xodimlariga xabar berişadi. Öşa paytda bu xabar ularni ham hayron qoldiradi. «Uluğ sovet mamlakati»da bu işga kim jur’at qilgan bölsa?!
Bu iş muhim bölgani uçun uni KGB xodimlari öz nazoratiga oladi va içki işlar xodimlari bilan hamkorlikda soxta pullarni çiqarayotgan şaxsni izlay boşlaşadi.
Foto: stock.adobe.comFoto: stock.adobe.com
Mamlakatdagi barça bank bölimlarida saqlanayotgan pullar tekşirib çiqiladi. Qabul qilinayotgan pullarni sinçkovlik bilan közdan keçiriş joriy qilinadi. Şu tariqa, uç yilda Vilnyusdan tortib Toşkentgaça, mamlakatning jami 70 ta şahrida 46 dona 50 rubllik, 415 dona 25 rubllik soxta pullar muomalada yurgani aniqlanadi.
Soxta pullar mutaxassislar tomonidan tekşirib körilganda ular aslidan qariyb farq qilmasligi ma’lum böladi. Avvaliga organ xodimlari bu pullarni «Davlat belgisi» (Gosznak) korxonasida işlovçilardan biri tayyorlagan yoki xodimlar korxona uskunalarini yaşirinça öğirlab sotgan, degan gumonga ham borişadi.
«Davlat belgisi» korxonasining barça xodimlari tekşirib çiqiladi, ammo soxta pullarga ularning aloqadorligi öz isbotini topmaydi. Şundan söng soxta pullar amerikaliklar yordamida tayyorlangan, degan taxminlar ham bildiriladi. Ammo bu taxmin ham asossiz bölib çiqadi.
KGB va militsiya ming urinmasin, uç yilda ham heç qanday natijaga erişa olmaydi. Soxta pullar muomalaga kiritilişda davom etadi va ular qayerda, kimlar tomonidan tayyorlanayapti, mavhum qolaveradi. Oxir-oqibat soxta pul yasovçi şaxs kiçik bir xatoga yöl qöyadi va uni tezda topib, qölga olişadi.
Soxta pul yasovçining uşlanişi
Mavzuga oid
1977 yilda Stavropol ölkasi va Kavkazning boşqa hududlarida uç oy içida 86 dona 25 rubllik soxta pul muomalada yurgani aniqlanadi va asosiy e’tibor şu hududlarga qaratiladi.
Hududdagi barça magazinlar hamda boşqa savdo nuqtalari, bozorlarda savdo qiluvçilarga xaridorlar berayotgan pullarni tekşirib oliş va şubhali köringan pullar haqida darhol militsiya xodimlariga xabar beriş tayinlanadi.
Foto: stock.adobe.com
Foto: stock.adobe.com
1977 yil 12 aprel kuni Şimoliy Kavkazda joylaşgan Qoraçoy-Çerkessk avtonom respublikasi markazi Çerkessk şahridagi bozorda göşt sotib turgan qassob xaridorlardan biri berib ketgan 25 rubllik puldan şubhalanadi. U darhol şu atrofda yurgan militsiya xodimlariga xabar beradi.
Qassobdan xaridorning körinişi haqida ma’lumot olgan militsiya xodimlari hali bozordan çiqib ketişga ulgurmagan gumonlanuvçini uşlaşadi. Yigitni bölimga olib borib tintib körişganda uning yonidan 77 dona 25 sömlik banknotlar çiqadi va ular tekşirib körilganda soxta ekanligi ma’lum böladi.
Avvaliga yigitni soxta pul işlab çiqaruvçilar yollagan, u pullarni muomalaga kirituvçi yordamçi bölsa kerak, deb öylaşadi. Undan olingan pullar ekspertizadan ötkazilgunça yigitni qamoqda saqlaşga qaror qilişadi. Şunda u soxta pullarni özi yasaganini aytadi. Tabiiyki, militsiya asliga yaqin qilib işlangan pullarni tayyorlaş bir kişining qölidan kelmaydi, deb unga işonmaydi.
Dastlabki suriştiruvlarda heç qayerda işlamaydigan bu yigit Stavropol ölkasida yaşovçi 36 yoşli Viktor Baranov ekani ma’lum böladi. Uning uyini tintib körişganda 23 525 rubl miqdordagi 25 va 50 rubllik soxta pullar borligi aniqlanadi.
Foto: kopipast.ru
Yoşligidan pul yasaşga qiziqqan Viktor
Viktor Baranov yoşligida rassomçilikka va turli eski pullarni yiğişga qiziqadi. Uning eng sevimli maşğuloti pullarning suratini asliga öxşatib çiziş edi. Yettinçi sinfdan keyin quriliş texnikumida öqigan Viktor qanday qilib bölsa ham pul tayyorlaş haqida öylay boşlaydi. Lekin bu borada umuman bilimi yöq edi. Şu sababli eng avval matbaa va sinkografiya haqida yozilgan kitoblarni öqiydi va öz bilimlarini oşiradi. Bu orada slesarlikni örganadi va bu unga pul çiqariş uskunalarini yasaşda asqotadi.
Oradan biroz vaqt ötgaç, u ma’lum muddat Stavropol ölka qömitasida haydovçi bölib işlaydi va öşa paytda ölka partiya qömitasi rahbari bölgan Mixail Gorbaçyovni ham olib yuradi.
U haydovçilik bilan birga uyi yaqinidagi taşlandiq saroyda özining ta’biri bilan aytganda «ilmiy-tadqiqot laboratoriya»sini taşkil etadi va işlarni boşlab yuboradi.
Foto: FLB.ru
U pul tayyorlaş sirlarini yetarliça örganişi va uskunalarni tayyorlaşi uçun 4 yil kerak böladi. Viktor pul çop etadigan uskunaning çizmasini tayyorlab, söng Stavropoldagi turli zavodlarga borib ehtiyot qismlar yasatadi. Ularni laboratoriyasida yiğib çiqadi. Uskunaning çop etuvçi klişelariga pul bezaklarini özi tuşiradi.
«Stavropol ölka qömitasida haydovçilik qilib yurganimda laboratoriyada işlaş uçun köp vaqtim bölmasdi. Pul çop etadigan uskunani tayyorlaş şunçalik qiziqtirib qöydi va men haydovçilikdan böşab, öt öçiruvçi bölib işga kirdim. Şundan söng bir sutka işda bölsam, ikki sutka laboratoriyada işlaş imkoniyatiga ega böldim», degandi u.
Viktorning laboratoriyadan çiqmasdan işlaşi, tabiiyki, qöşnilarni, döstlarini şubhalantirişi mumkin edi. Şu sababli u haftaning ma’lum kunlarini «oçiq eşiklar kuni» deb e’lon qiladi va öşa kunlarda oldiga kelgan tanişlarga u öz slesarlik mahoratini körsatadi. Boşqa paytlarda esa pul çop etadigan uskuna klişelariga (temir muhr) pullarning bezaklarini öyiş bilan şuğullanadi.
Foto: FLB.ru
Faqat 25 va 50 rubllik pullar
U 1961 yilda muomalaga kiritilgan 10, 25, 50 va 100 rubllik banknotlarni yaxşilab örganadi. Viktorga 100 rubllik banknotni yasaş qiyin tuyuladi. Bundan taşqari bu pulga hamma joyda ham qaytim topilavermasdi. 10 rubllik puldan qiymati ozligi uçun voz keçadi va 25 hamda 50 rubllik banknotlarni yasaşni rejalaştiradi. Viktor pullarda işlatilgan ranglarni asliga öxşatib tayyorlaş va klişega bezaklarni tuşiriş uçun sutkalab laboratoriyasidan çiqmasdan işlaydi.
Foto: FLB.ru
Uskuna va buyoqlar tayyor bölgaç, Viktor aql bilan iş tutadi va pullarni köp çop etmaydi. Avvaliga kundalik ehtiyojlari uçun, keyinçalik esa rözğorini butlaş uçun kerak böladigan miqdorda pul tayyorlaydi.
«Men çöntaklarimni pullarga töldirib restoranlarga bormadim, çekmadim, içmadim, qizlar bilan yurmadim. Uyda televizor yöq, kiçik bir muzlatkiçimiz bor edi, xolos. Men avvalo uyga kerakli jihozlar oldim. Xotinim bir gal pullarni qayerdan olayotganimni söradi. Men unga özimni kiçik ixtirolarimni zavodlarga yaxşigina pullarga sotayotganimni aytdim, u işondi. Xotinimga köp pul bermasdim, 25, 30 rubl, gohida 50 rubl berardim», deb eslaydi u.
Viktor yaqinlariga soxta pullarni körsatmagan, ularga har doim qaytimga berilgan haqiqiy pullardan bergan. U özi çop etgan pullarni turli narsalarni xarid qiliş uçun işlatar ekan, sotuvçilar u berayotgan taxi buzilmagan banknotlarni xursand bölib olişgan.
Foto: FLB.ru
Viktor pullarni faqat Stavropol ölkasida işlatsa osongina qölga tuşişi mumkinligini öylab, tez-tez boşqa şaharlarga sayohat qilib turgan.
«Bir gal Simferopolga sayohat qilib borganimda u yerda 5 ming rubl soxta pulni öğirlatganman. Köçada pomidor sotib ötirgan kampirdan pomidor oldim. Söng biroz yurib avtomat budkadan uyga telefon qildim. Gaplaşib bölgaç, içida 5 ming rubl bölgan sumkam kampirning oldida qolib ketganini esladim. Telefon budkasidan çiqib, u ötirgan tomonga qarab yugurdim. Ne köz bilan körayki, kampir ham, sumkam ham yöq edi. Şundan keyin uyga qaytdim va xarajatlar uçun yana pul tayyorladim», degandi Viktor.
Kiçik xato va sirtmoq
U navbatdagi pullarni tayyorlaşda özi bilmagan holda xatoga yöl qöyadi. 25 rubllik pulning himoya qatlamini yasayotganida klişer teskari örnatiladi va Viktor buni sezmaydi. Oqibatda pul çop etilgandan keyin himoya qatlami yuzasidagi tölqinsimon belgi kötariliş örniga pastga tuşib qoladi. Viktor buni pulni çop etib bölgandan keyin biladi. Ammo örniga boşqa pul tayyorlaşga erinib, ularni işlatib yuboradi.
Foto: FLB.ru
Bank kassiri pullarni taxlab sanayotganda aynan şu pullardan birini sezib qoladi va darhol militsiyaga xabar beradi. Bu safar militsiya soxta pulda qanday kamçilik borligini aniq biladi va bu haqda yaşirinça hammaga xabar jönatadi. Özini sinçkovlik bilan izlaşayotganidan bexabar Viktor esa öşa 25 rubllik pullarni işlatib yuraveradi. Oradan ikki oy ötib, u qölga olinadi.
Çerkessk şahridagi bozorda göşt sotib turgan qassob ham Viktor bergan pulning aynan öşa kamçiligidan tanib qoladi va uni militsiyaga uşlab beradi.
Tergov va qamoq
Tergov davomida tergovçilar Viktordan soxta banknotlarni qaçon tayyorlay boşlagani va qança miqdorda çiqargani haqida söraşganida u özi tayyorlagan soxta pullarni miqdorini hisoblab yurmaganini aytadi. Mutaxassislar esa u taxminan 35-40 ming rubl atrofida soxta pul çiqargan, degan xulosaga keladi. Öşa paytda bu juda katta pul hisoblanardi.
«Meni Çerkesskdan Stavropolga xuddi ministrlarday olib ketişdi: oldinda ikkita militsiya maşinasi, ularning ortidan biz borardik. Stavropolga yetganda militsiya xodimlarini darhol «ilmiy-tadqiqot laboratoriyam»ga joylaşgan eski binoga boşlab bordim. U yerda militsiyaga pullarni qanday tayyorlaganimni körsatdim va bir neça dona banknot tayyorlab körsatdim. Ana şunda ular pullarni bir özim çiqarganimga işonişdi», deb eslagandi Viktor, keyinçalik.
Foto: FLB.ru
Militsiya Viktorning laboratoriyasini tintuv qilib, bir neça yillik tadqiqotlar yozilgan beşta daftar, muomalaga çiqariş uçun tayyorlab qöyilgan pullarni topadi. Bundan taşqari u yerda pullarni çop etiş uçun işlatilgan tipografiya uskunasi va qoğozlar hamda turli rangdagi böyoqlar solingan idişlar xatlab olinadi.
Foto: FLB.ru
Dastlabki tergov tugagandan söng Viktorni Moskvaga olib ketişadi va aşaddiy jinoyatçilar saqlanadigan Butirka qamoqxonasiga tiqib qöyişadi. Uni har kuni soxta pullar böyiça mutaxassislar söroq qilişadi va klişelar, pul çop etadigan uskunalarni, mos böyoqlarni qanday qilib tayyorlagani haqida körsatmalar olişadi.
«Butirkada menga soxta pullar kolleksiyasini körsatişdi. Birorta kupyurada men haqiqiy ustaning qölini körmadim, şunçaki «akula»lar yasagan. Agar men boyiş istagida bu işga qöl urganimda, bir hafta içida milliarder bölib, «suvga tuşgan toşdek» jimib ketardim. Lekin men aslida köp narsaga qodir ekanligimni öz-özimga isbotlaşni istadim. Şuning uçun şoşilmadim. Suvli belgilarni uç yarim yilda ixtiro qildim, böyoq yasaşga ikki yarim yil sarfladim, çop etiş esa iş emas edi. Pulni yasaşni nimadan boşlaganimni aytib beraymi? Men ularni sevib qoldim! Umuman, qoğoz pul inson öylab topgan eng oliy narsa deb bilaman. Tsivilizatsiyasining çöqqisi, «Monblan»i! Insoniyat ming yildan buyon uni tiş-tirnoğigaça qurollantirib, atrofiga himoya handaqlari qazib, uni egallab bölmas qal’aga aylantiriş ustida boş qotirib keladi. Men şunçaki öz qöllarim bilan bu qal’ani vayron qilmoqçi böldim... Siz kupyurani tayyor şaklda körasiz va heç qaçon uning naqadar çiroyli ekanligini tuşunmaysiz. Agar butun tayyorlaş jarayoni bölaklarga bölinsa va har bir naqş alohida ajratilsa bormi... Tasavvur qiliş qiyin — ularning har biri öziga xos jonivordek. Har bir kupyura fantastik jonivorlar jamlangan qöriqxonaga öxşaydi. Birgina suvli belgining tayyorlanişi — sehrli, aytiş mumkinki, şoirona jarayon. Polkovnik Lukaşov tergov tajribasi jarayonida oq qoğozda yulduzçalar tasviri paydo bölganini öz közi bilan körganida hayratdan taxta bölib qolgan edi, belgi bekorga «suvli» deb atalmaydi-da. Gözallik şundaki, u yöq joydan paydo böladi. Biroq faqat haqiqiy ustaning qölida paydo böladi», — degan edi Baranov.
Viktordan olingan soxta pullar ekspertizadan ötkazilganda mutaxassislar ularning haqiqiy pullarga juda yaqin qilib tayyorlanganini körib hayratda qolişadi.
Foto: FLB.ru
Öşanda «Davlat belgisi» korxonasi texnologi «Baranov tomonidan 25 va 50 rubllik pullar haqiqiysiga juda öxşaş qilib tayyorlangan. Ularni tanib oliş qiyin. Odamlar bu pullarni deb haqiqiy pullarga ham işonçni yöqotmasligi uçun ularning hammasini topib yöq qiliş kerak», deb rasmiy xulosa beradi.
Bundan taşqari, «Davlat belgisi» korxonasi texnologlari Viktordan u tayyorlagan böyoqlarning retseptlarini olişadi. Şundan söng, 1978 yildan 1991 yil, SSSR tarqab ketgunça «Davlat belgisi» korxonasi aynan pullarga Viktorning retsepti böyiça tayyorlangan böyoq bilan rang beradi. U tarixda «Baranov böyoği» nomi bilan ataladi.
Foto: FLB.ru
Tergov tugagandan söng Viktorni sud qilib RSFSR Jinoyat kodeksining 87-moddasi bilan aybdor deb topişadi. Bu moddaga köra, 3 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi közda tutilgan edi. Davlat ayblovçisi unga maksimal jazo — 15 yil söraydi. Ammo Stavropol ölka sudining jinoyat işlari böyiça sud hay’ati Baranovning çin köngildan puşaymonligi, tergovga bergan yordami va Goznak bilan hamkorligini hisobga oladi, ammo qilmişning jamiyat uçun xavfliligini inobatga olib, 12 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlaydi.
Uning soxta pul tayyorlovçi uskunalari Moskvadagi IIV muzeyidan örin oladi.
Qamoqdan keyingi tinç hayot
1990 yil Viktor qamoqda ötirganiga 10 yildan oşganda muddatidan avval ozod qilinadi. Ungaça esa qamoqda ötirganida uning oldiga «Davlat belgisi» korxonasi texnologlari kelişadi va Viktor ularga özi tayyorlagan böyoq retseptini yanada takomillaştirib beradi.
Hatto bir gal öşa paytda SSSR Içki işlar vaziri bölib işlagan Nikolay Şçyolokovning şaxsan özi undan pullarning himoya qatlamini takomillaştirib berişda yordam söraydi. Viktor u aytgan işni bajarib bergani uçun qamoq muddatidan 2 yilni qisqartirişadi.
1990 yilda qamoqdan qaytgaç, Viktor uyiga qaytib boradi va şahardagi korxonalardan biriga işga kiradi. Bu paytga kelib xotini u bilan ajraşgan edi.
Tez orada Viktor korxonada özini körsatadi va batareykalar uçun nikeldan yangi yasalgan tör ixtiro qiladi. Şunda korxona rahbari uning ixtirosiga qoyil qoladi va biroz avval Germaniyadan kelgan mutaxassislar bu işni uddalay olmaganini aytadi.
SSSR tarqab ketgandan söng u özining xususiy firmasini oçadi va bir neça yil avtomobillar uçun böyoq işlab çiqariş bilan şuğullanadi. Keyinçalik undan yasaş qiyin bölgan pul haqida söraşganda:
«Dollar men bilgan pullar içida eng himoyasi mustahkam hisoblanadi. Ammo uni ham bemalol asliga yaqin qilib tayyorlasa böladi, lekin men bunday qilmayman», deb javob beradi.