Ijtimoiy tarmoqlarda “Sevimli” telekanalida efirga uzatilayotgan “Sabriya” milliy serialining mazmuni axloqsizlik va ayollarni yomonotliq körsatişga yöğrilgani tanqid ostiga olinmoqda.
Mass-media fondi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva serial borasidagi fikrlari bilan örtoqlaşib, “heç qaysi filmda ayollarga nisbatan bu qadar nafrat körmagani”ni bildirdi.
“Mamlakatimizda, şubhasiz, söz va ijod erkinligi mavjud.
Lekin bir tomoşabin sifatida “Sevimli” kanalida praym-taym vaqti namoyiş etilayotgan, millionlab teletomoşabinlarning diqqatini tortgan “Sabriya” milliy serialiga nisbatan şaxsiy munosabatimni bildirişga haqliman, deb öylayman.
Badiiy saviya haqida gapirib ham ötirmayman, unaqa narsaning özi yöq. Serial mualliflari orasida birorta ayol yöqligiga ham işonçim komil. Çunki heç qaysi filmda ayollarga nisbatan bu qadar nafrat körmaganman.

Syujyetda giyohvand moddalarni iste’mol qiliş böyiça aniq va batafsil yöriqnoma körsatişdan maqsad nimaligi ham tuşunarsiz. Bu holatdan heç qanday xulosa çiqarilmagan. Hamkasb-ayollar örtasidagi zahar-zaqqumga töla raqobat ğoyasi-ku, umuman, ayollarni odam örnida körmaydigan latifabozlardan ilhomlanib yozilgandek. Vanihoyat, eng yoqimsiz va jirkanç epizodlar – ayollarga nisbatan zöravonlik sahnalari hamda isnoddan qutulişning yagona “töğri” yöli – öz joniga qasd qiliş bilan boğliq. Naqadar “dono” maslahat!
Uşbu serialda ayollar fikri tor, makkora, zaifa, hayotdagi hamma balolarga sababçi qilib körsatilgan.
Badiiy kino – jamiyatdagi qaraşlarni şakllantiradigan vositalardan biridir. Umuman, kimki ommaga ta’sir ötkaza olsa, oğzidan çiqqan har bir söz uçun mas’uldir.
Biz gender tengligi va ayollarga ehtirom masalasini aholi ongiga singdiriş uçun zör berib harakat qilayotgan bir paytda bunday seriallar gender tengligi rivojlanişiga şaksiz tösqinlik qiladi. Ularda heç qanday soğlom fikr yöq. Bu – Özbekistondagi turmuş tarzi borasida ijodkorlarning buzuq fantaziyasi, xolos.
Nima deb öylaysiz, özbekistonlik ayollarning obröyiga jiddiy putur yetkazayotgan bunday sayoz “ijod namunalari” yaratişni bas qilişni talab etişga haqlimizmi? Qanday qilib öz joniga qasd qilişni ekranda körsatiş mumkin axir?












