Jahon bozorida neft narxi 1 barrel uçun 89,5 dollargaça qimmatladi. Bu 2014 yildan buyon qayd etilgan eng qimmat narxdir. Bu haqda Reuters yozmoqda.
Ekspertlar mahsulotga bölgan talabning ortgani sabab neft narxi joriy yilning birinçi çoragida 100 dollargaça kötarilişi mumkinligini taxmin qilişmoqda.
Şu kunlarda neft narxi kötarilişiga esa bir qator konkret omillar ham sabab böldi. Masalan, 18 yanvar kuni Iroq – Turkiya yönalişidagi Kirkukdan kelayotgan neft ötkazgiçda avariya sabab yonğin sodir bölgan. Bu esa jahon bozorida xomaşyo narxiga ta’sir qilgan.
Şuningdek, BAAda sodir bölgan portlaşlar, xususan, yoqilği maşinalarining yonib ketişi, Rossiya atrofidagi siyosiy xavotir ham narx kötarilişiga xizmat qilgan. Çunki bu ikki davlat yirik neft işlab çiqaruvçilar hisoblanadi.








