Vazirlar Mahkamasining “Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolböyi hududlarida “yaşil qoplamalar” - himoya örmonzorlarini barpo etişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat Özbekistonda örmon xöjaligi tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasiga muvofiq işlab çiqilgan (prezidentning PQ-4850-son qarori).

Quyidagilar tasdiqlandi: 2022-2026 yillarda Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolböyi hududlarida “yaşil qoplamalar” - himoya örmonzorlarini barpo etiş hajmlari; 2022-2026 yillarda Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolböyi hududlarida “yaşil qoplamalar” barpo etiş uçun çöl ösimliklari uruğlarini tayyorlaş hajmlari.

Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi va Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari hokimliklariga Örmon xöjaligi davlat qömitasi hamda DSQ huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolböyi hududlarida örmonzorlar barpo etiladigan maydonlarni xatlovdan ötkaziş topşirildi. Bunda har yili 10 dekabrga qadar “yaşil qoplamalar” barpo etiladigan maydonlar ilmiy jihatdan asoslangan takliflarga muvofiq hududlar böyiça aniqlanadi.

Örmon xöjaligi davlat qömitasi “yaşil qoplamalar” öz muddatida barpo etilişi böyiça doimiy monitoring yuritadi. Orol dengizining qurigan tubidagi tuproq tarkibini inobatga olib çöl va şör tuproqqa moslaşgan ösimlik turlari, şu jumladan, qumli yerlarda çerkez hamda şör hududlarda tamariks va atripleks (lebeda) ösimliklari ekiladi.

Quyidagilar “yaşil qoplamalar” barpo etiş böyiça tadbirlarni moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi: Qoraqalpoğiston respublika budjetining, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari mahalliy budjetlarining prognozga nisbatan oşirib bajarilgan qismi hisobiga ajratiladigan mablağlar; yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriyalari; qonunçilik hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.