1991 yil 3 may kuni Leningrad şahridagi tergov izolyatorida söroq qilinayotgan aşaddiy qotil töpponça yordamida soqçini qurolsizlantirib, qoçişga urinadi. Ammo jinoyatçi qölga olinadi. Tez orada unga töpponçani tergovçi ayol bergani oşkor böladi.
SSSR «taxt»iga Mixail Gorbaçyov kelgaç, jinoyatçilik ham avj oladi. Mamlakat böylab bir-birini tan olmaydigan turli jinoiy tödalar urçib ketadi. Qotilliklar köpayadi. Ayniqsa 1989-90 yillarda holat juda oğirlaşadi. Militsiya jinoyatçilarga qarşi kuraşolmay qoladi va ular oşkora harakat qilişga ötadi.
Ana şunday jinoyatçilardan biri aşaddiy qotil Sergey (Ali) Maduyev edi.
Foto: cleancopy.ru
Sergey Maduyev 1988-1990 yillar oraliğida köplab talonçiliklar va qotilliklar qiladi. Toşkentda sodir etgan navbatdagi talonçilikdan keyin uni tutib olişadi. Söng Leningraddagi tergov izolyatoriga (SIZO) joylaştirişadi.
Maduyevga bir neçta qotilliklar uçun ölim jazosi berişlari aniq edi. Oğir holatga tuşgan Sergey özini söroq qilayotgan tergovçi ayolga sevgi izhor qiladi va aşaddiy qotil emasligiga uni işontiradi. Söng u bilan işqiy munosabatlarda bölib, ayol yordamida qoçib ketişga urinadi. Öz davrida bu iş sobiq ittifoq böylab katta şov-şuvlarni keltirib çiqargan va u haqda 1993 yilda film ham işlaşgandi.
Qamoqxonada tuğilgan jinoyatçi
Sergey Maduyevning otasi çeçen, onasi koreys bölib, ikkalasi ham Stalin davrida Qozoğistonga deportatsiya qilingan edi. Ular qamoqxonada tanişib, oila qurişadi va 1956 yilda Sergey öşa yerda tuğiladi. Uning gödakligi ota-onasining yonida, tikanli simlar ortida ötadi.
Sergey 6 yoşga tölganda otasi uydan ketib qoladi. Onasi esa içkilikka ruju qöyib, turli erkaklar bilan yengil-yelpi hayot keçira boşlaydi. Ana şunda Sergey uydan çiqib ketadi va mahalliy öğrilar safiga borib qöşiladi.
1974 yilda, 18 yoşida u öğirlik uçun olti yilga qamaladi. Ozodlikka çiqqaç, 10 oy ötib, kolxoz kassasidan 50 ming rubl ömarib, u yana qölga tuşadi. Öşa paytda bu juda katta pul edi. Şu sababli Sergeyni bu safar 15 yilga qamaşadi.
Qonida çeçen qoni oqayotgan yigit qamoqxonada tez hurmat qozonadi. U özini «qonundagi öğri» deb e’lon qiladi va qamoqxonadagi «közir»larga böysunişdan boş tortadi. Şu tariqa uning qamoqdagi hayoti ham tinç keçmaydi.
1988 yilda, ozod bölişiga bir yil qolganda u manzil koloniyadan qoçib ketadi. Sergeyni qidiruvga berişadi. Ammo u tutqiç bermaydi. Qolaversa, bu paytda militsiya jinoyatçilarga qarşi mutlaqo kuraşa olmay qolgandi. Şu sababli Sergey Maduyev şerigi Roman Çernişev bilan butun mamlakat böylab — Sibirdan to Moskvagaça «gastrol»da yurib, köplab talonçiliklar va qotilliklar sodir etadi.
Mavzuga oid
Maduyev va ayollar
Maduyev odamlardan tortib olgan pullarini saxiylik bilan işlatadi. Yölida uçragan bolalarga muzqaymoq olib beradi, taksiçilarga har doim oşiqçasi bilan pul tölaydi. Aksariyat hollarda 10 rubllik banknot işlatgani uçun u «Çervonets» laqabini oladi. (SSSR paytida 10 rubllik banknotni «Çervonets» deb ataşgan).
Maduyev talonçilik bilan topgan pullarining katta qismini ayollarga sarflaydi. U doim qimmat kiyimlar kiyib, qölida diplomat kötarib yuradi. Çöntagi pulga töla bu «boyvaçça» yigit ayollarni befarq qoldirmasdi. Bundan taşqari Sergey ularga nazokat bilan xuşomad qilişni ham örinlatardi va qimmatbaho sovğalar bilan siylardi.
Maduyev özi bilan tanişgan ayollar bilan uzoq vaqt aloqada bölmas, ularni tez-tez almaştirib turardi. U bilan birga bölgan ayollar özlariga saxiylik bilan pul sarflab, xuşomad qilayotgan bu «jyentlmen»ning aşaddiy qotil ekanini bilişmasdi. Uni boy tadbirkor deb öylaşardi.
«Robin Gud»
Maduyev ba’zida jinoyat sodir etayotganda ham öziça mardlik körsatgan. Bir marta u talonçilikka tuşgan uyning egasi qörqib, yuragi xuruj qilganda qölga tuşiş xavfi bölsa ham tez yordam çaqiradi. Söng şifokorlar kelgunça bemorning oldida ötiradi.
Yana bir marta şoşilinç tarzda talonçilikka boriş uçun taksi töxtatadi. Taksida homilador ayol ham böladi va yölda uning tölğoği tutadi. Maduyev taksiçiga maşinani tuğuruqxonaga haydaşni buyuradi va ayolni şifokorlarga topşirib, söng öğirlikka ketadi.
Bora-bora Maduyev şaxsi haqida xalq orasida turli gaplar tarqala boşlaydi. Emişki, u boylarni talab, pullarni kambağallarga tarqatarmiş. Şu tariqa uning «Çervonets» laqabi «Robin Gud»ga özgaradi.
Kriminal psixologlarning fikriga köra, aslida Maduyev odamlarni öziga qanday qilib jalb qilişni va ularning mehrini qozona olişni biladigan şafqatsiz sotsiopat bölgan. Aslida, unga boşqalarning his-tuyğulari va hayoti mutlaqo ahamiyatsiz edi.
Qotilning qölga tuşişi
1990 yil 7 yanvar kuni Sergey Maduyev Toşkentga keladi. Şerigi Çernişev bilan mahalliy boylardan birining uyiga bostirib kirişadi. Uy egasi qattiq qarşilik körsatadi va Çernişevni yarador qiladi. 8 yanvar kuni Maduyev Toşkent–Moskva poyezdiga çiqmoqçi bölgan paytda uni temiryöl vokzalida qölga olişadi.
Tezkor xodimlar uni uşlab, darhol töpponçasini olib qöyişadi. Sergey payt poylab çöntagidagi granatani oladi va zudlik bilan pul hamda maşina berişmasa uni portlatişini aytadi. Mergan uzoqdan Maduyevning qölini nişonga oladi. Granata yerga tuşib ketganda uning öyinçoq ekani ma’lum böladi.
Ilk söroqdan söng Maduyevni Leningraddagi tergov izolyatoriga ötkazişadi va uni SSSR Boş prokuraturasining Proşkin boşçiligidagi tergovçilar guruhi söroq qila boşlaydi.
Foto: pikabu.ru
Maduyevni 60ga yaqin talonçilik va qotillikni sodir etganlikda ayblaşadi. Sergey öziga ölim jazosi berişlarini bilib turardi. Şu sababli u tergovni çözişga harakat qiladi: körsatmalarini özgartiradi, yangi jinoyatlarni öylab topadi. Oqibatda uning «delo»lari soni oşib, tergov çözilib boraveradi.
Söroq paytida Maduyev juda ustalik bilan rol öynaydi. Tergovçilar bilan hatto falsafiy suhbatlar quradi. Tergov davomida ular bilan hazillaşadi.
Hatto tergov guruhi boşliği Proşkin ham Maduyev biroz köngilçan odam ekanini tan olgandi. Uning fikriça, Maduyev öta jirkanç bandit emasdi. U söroqqa çaqirilgan Maduyev bilan qöl berib körişa boşlaydi.
Ammo Maduyevning öziga rahm qilişlarini xohlab qilgan harakatlari behuda ketadi. Orada uni söroq qilişni ayol tergovçiga topşirişadi va sözamol Maduyev uni öziga rom qiladi. Söng ayolning yordami bilan tergov izolyatoridan qoçişga urinadi.
Natalya Voronsova bilan tanişuv
Tergovçi Natalya Voronsova içki işlar tizimida özini körsatib, bir qança aşaddiy jinoyatçilarni foş etadi va uni Boş prokuraturaga işga olişadi. U öşa paytda Boş prokuratura tarkibidagi yagona tergovçi ayol sanalardi.
Foto: Rambler.ru
Natalya Voronsova söroq qilişni boşlaganida Maduyev şu ayol tufayli maqsadiga yetişi mumkinligini öylaydi va bor mahoratini işga solib, uni avray boşlaydi. Şuningdek, Vorotsovani işontiriş uçun şoşilmasdan, ehtiyot bölib muomala qilişni ham unutmaydi.
U ilk söroq qilingan kundayoq ayolning «nozik nuqtasi»ni topadi – Voronsovada adolat tuyğusi kuçli edi. Maduyev söroq davomida ayolga avvalgi tergovçilar oçilmay qolgan turli jinoyatlarni unga «ilişmoqçi» bölişayotganini aytadi. Yana otuv hukmi berilişini bilib, vaqtni çöziş maqsadida soxta jinoyatlarni öylab topgani haqida gapiradi.
Tabiiyki, ayol Maduyevning soxta jinoyatlar haqidagi gaplarini tekşirib köradi. Voronsova joylardagi militsiya bölimlaridan ma’lumotlar olganda Maduyev aldamagani, öşa hududlarda oğir jinoyatlar sodir etilmagani ma’lum böladi. Şu tariqa, bir paytlar Maduyev vaqtni çöziş uçun öylab topgan soxta jinoyatlar Voronsova söroqni boşlagan vaqtga kelib, özining foydasiga işlab ketadi.
Şundan söng, ayolda Maduyevga nisbatan işonç uyğonadi. U Maduyev unça köp jinoyat sodir etmagan, aksariyat oçilmay qolgan jinoyatlarni uning gardaniga ilişmoqçi bölişgan, deb öylay boşlaydi.
Bundan taşqari Voronsova Maduyevga tegişli «delo»ni sinçiklab örganar ekan, unda köplab noaniqliklarni aniqlaydi. Ayol özining şubhalari haqida tergov guruhi boşliği Proşkinga xabar beradi. Proşkin esa bamaylixotir «Unga Leningraddagi ikkita dahşatli qotillik uçun baribir oliy hukm berişadi. Şunday ekan, Maduyevning böyniga ilinayotgan jinoyatlarning sonini kamaytiriş unga heç qanday naf bermaydi», deb javob beradi.
Ammo Voronsova baribir Maduyevning taqdiriga befarq köz yumib keta olmaydi. Tergovçi ayolning öziga hamdard bölayotganini payqagan Maduyev u bilan yanada yaqinlaşişga harakat qiladi.
Şundan söng, Voronsova va Maduyev örtasidagi muloqot söroqdan köra özaro suhbatga öxşab keta boşlaydi. Maduyev his-hayajon bilan ayolga oğir ötgan bolaligi, oilasi haqida gapirib beradi. Uni tinglagan ayol Maduyev unçalik yomon odam emas, şunçaki hayot unga nisbatan şafqatsizlik qilgan, deb öylay boşlaydi.
«Meni sevsang, özingni tamom qilasan» — tergovçi ayol bilan işqiy munosabatlar
Söroqlardan birida ayol jinoyatçining navbatdagi ğamgin hikoyasini tinglar ekan beixtiyor Maduyev uçun hamma narsaga tayyorligini aytadi. Şu payt Maduyev unga jilmayib qaraydi va ayolni quçoqlab oladi. Uning qölida «Meni sevsang, özingni tamom qilasan» deb yozilgan tatuirovka bor edi. Maduyev maqsadiga erişgandi.
Foto: Rambler.ru
Şu tariqa, ular örtasida işqiy munosabatlar boşlanadi va ança payt davom etadi. Ayol qanday qilib bölsa ham Maduyevga yengil jazo tayinlaşlariga erişiş yölini izlay boşlaydi. Maduyev buning iloji yöqligini, faqat qoçsagina jonini qutqarişi mumkinligini, aks holda unga ölim jazosi berişlarini aytadi. Oxiri ayol öz tuyğulari oldida yengiladi va Maduyevga yordam berişga rozi böladi.
Muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan qoçiş
1991 yil 3 may kuni Maduyevni Moskvadagi tergov izolyatoriga köçirişlari kerak edi. Öşa kuni ertalab u Voronsovadan olgan özining töpponçasi bilan qurollanib, tergov izolyatoridan qoçişga urinadi. Qöriqçilardan biri unga qarşilik körsatganda otib yaralaydi va darvoza tomon yuguradi. Ammo çiqib ketişga ulgurmaydi, darvozani yopişadi. Biroz qarşilik körsatgaç, jinoyatçi taslim böladi.
Şundan söng Maduyevning tergovini KGB öz nazoratiga oladi. Hammani bir savol öylantirardi: Maduyev qurolni qayerdan olgan? Aşyoviy dalil sifatida saqlangan töpponça turgan xonaga faqat Proşkin boşçiligidagi tergov guruhi kira olgan, xolos. Şu sababli KGB bir tarafdan Maduyevni qistovga oladi, ikkinçi tomondan tergov guruhidagi barçani söroq qiladi.
Maduyev KGB xodimlari tomonidan berilayotgan savollarga javob berişdan boş tortadi va töpponçani kim berganini aytmaydi. Faqat KGB polkovnigi asosiy gumonda Voronsova turganini aytganda biroz asabiylaşadi va agar jazoni yengillaştirişga rozi bölişsa, ular bilan hamkorlik qilişi mumkinligini bildiradi.
Tergovçi ayolning foş bölişi
Şundan söng, Maduyev va Voronsova örtasida uçraşuv taşkil etişadi. Undan avval esa uçraşuv bölib ötadigan kamera devoriga yaşirin kamera va mikrofonlar örnatiladi.
Uçraşuv paytida Maduyev Voronsovaga piçirlab öziga yaqinroq ötirişini söraydi. Ularni kuzatib ötirgan KGB xodimlari suhbatni eşita olmay asabiylaşa boşlaşadi. Şu payt kutilmaganda Maduyev va Voronsova bir-birini quçoqlab öpişa boşlaydi. Şunda ularning munosabati tergovçi va tergov qilinayotgan şaxs örtasidagi munosabatlardan köra jiddiyroq ekani ayon böladi.
Ertasi kuni Voronsovani hibsga olişadi. Avvaliga u jinoyatçiga yordam berganini tan olmaydi. Unga Maduyev bilan uçraşuv paytidagi videoyozuvlar körsatilganda yiğlab yuboradi va öz aybini tan oladi.
Voronsovani darhol işdan böşatişadi va ikki yil davom etgan tergovdan söng, 1993 yilda yetti yilga qamaşadi.
«Ayollarning xatti-harakatlarida mantiq yöq deyişadi. Ular eng yuksak tuyğu sevgi ekaniga işonişadi. Hayotda ortga qaramaganman deya olmayman, menda faqat yomon xotiralar bor edi. Keyin bu yorqin doğ (Maduyev) paydo böldi va men unga yopişib oldim. Maduyev men baxtli kelajak sifatida xohlagan haqiqiy erkak edi. Afsuski, his-tuyğularga buyurib bölmaydi», degan edi Voronsova tergov tugagandan söng ötkazilgan matbuot anjumanida.
«Maduyevni qamoqdan qaytişini kutarmidingiz?» degan savolga u quyidagiça javob beradi:
«Agar inson sevib qolsa, u möjizalar yaratişga qodir böladi. Men uning şunçaki qamoqdan qoçiş rejasi qurboni böldimmi? Bu savolga javob bera olmayman. Agar taqdir bizni birlaştirsa, uni yana jinoyat yölidan ketmasligi uçun men bor kuçimni sarflagan bölardim. Bu qölimdan kelarmidi, yöqmi, bilmayman. Ammo men unga sodiqman. Uni 15 yil kutiş kerak bölsa, ehtimol kutardim. Agar unga kerakligimni bilsam, albatta kutardim».
Voronsova Maduyevni kutmaydi. Çunki Natalya qamoqdan çiqişi arafasida Maduyev vafot etgandi. Voronsova qamoqdan çiqqaç, ism-şarifini özgartiradi va Ukrainaga köçib ötadi. Turmuşga çiqib, öşa yerda advokatlik bilan şuğullanadi. Özini izlab borgan jurnalistlarga intervyu bermasligini aytadi.
Maduyevning keyingi taqdiri
Qoçiş rejasi muvaffaqiyatsizlikka uçragaç, Maduyevning tergovi qaytadan boşlanadi. U avvaliga tergovçi ayolning aybi yöqligini aytadi.
«Ha, men Voronsovaning his-tuyğularidan foydalandim, lekin bundan boşqa ilojim yöq edi. Qolaversa, u özga sayyoradan tuşgan emas, unga ham mehr kerak edi», deydi söroqlardan birida Maduyev.
Keyinroq esa u körsatmalarini özgartirib, ayolni ayblaydi. Maqsad yana tergov muddatini çöziş edi. Bu masalada u niyatiga yetadi. Uzoq davom etgan tergovdan söng, 1995 yilda ikkita qotillik uçun unga ölim jazosi berişadi. Ammo bu paytga kelib, Rossiyada ölim jazosiga moratoriy e’lon qilingandi. Şu tariqa Maduyev tirik qoladi va u ölim jazosi örniga umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi.
Foto: Moskva 24
Ammo Maduyevning peşanasida yoş ölib ketiş bor ekan. U 2000 yilda qamoqda ekanida yurak yetişmovçiligi bilan oğrib, 44 yoşida vafot etadi. Öşanda u öz ajali bilan ölganmi yoki öldirilganmi noaniq qoladi.
Maduyevning tergovçi ayol bilan işqiy munosabatlarda bölib, qamoqdan qoçişga urinişi öşa paytda juda katta şov-şuvga sabab böladi. Hatto, 1993 yilda, hali Maduyev va Voronsova tergov berib yurgan paytlardayoq ular haqida «Qamoqxona romantikasi» filmi ham suratga olinadi.