Şavkat Mirziyoyev 19 yanvar kuni Toşkent şahrida jamoat transportini rivojlantiriş çora-tadbirlari böyiça taqdimot bilan tanişdi. «Menimça» körsatuvida aytilişiça, davlat rahbari taqdimotdan köngli tölmaganini aytib, mutasaddilarni tanqid qilgan.
«5 yilda 400 ta elektrobus olib kelamiz dedik, qaçon keladi? Kimda nima takliflar bor? Şaharni birortasi tuşunmaydi, şaharni içida yurmaydi. Hammasi boyvaçça — maşinada yuradi», deydi prezident.
Davlat rahbari transport vaziri Ilhom Mahkamovga yuzlanib, uning taqdimotidan köngli tölmaganini aytdi.
«Bilasanmi, menga bergan ma’lumoting böyiça birorta aniq raqam yöq. Faqat maslahat va tavsiya. Bu nima degan gap? Men sendan buni kutmagandim. Nega menga Toşkent böyiça alohida, tuman böyiça alohida (ma’lumot) bermaysan. Eng oğir tuman qaysi? Eng oğir bekat qaysi? Eng oğir tirbandlik qayerda? Odamlar bizdan qayerda najot kutmoqda? Bu narsa yöq menga bergan ma’lumotingda. Umumiy gap», deydi prezident Ilhom Mahkamovga.
Şavkat Mirziyoyev taqdimotda şahar transport tizimini takomillaştiriş böyiça muhim vazifalarni belgiladi va mutasaddilar aniq taşabbuslar bilan çiqişini ta’kidladi.
«6 oylikda nima qilamiz, 3 oylikda nima qilamiz, yil yakunida-çi? «Yuring prezident, avtobusga mining» deb bir marşrutni körsat, eng oğir hududingdan boşla. Men ham avtobusda yurişni xohlayman. Köz-köz qiliş uçun emas, odamlarga xavfsiz, erkin, arzon va sifatli transport kerak», degan prezident.













