Hokimlar tadbirkorlikka qarşilik qilmasligi kerak

Körsatuv davomida Şavkat Mirziyoyevning videoselektor yiğilişida hokimlarga qarata aytgan gaplari körsatildi. Unda prezident 3 oydan ortiq böş turgan ijaraga berilişi yoki sotuvga qöyilişi kerakligini ta’kidladi. Prezidentning aytişiça, bunday işga qarşilik qilgan hokimlar tadbirkorlikka xalaqit bergan böladi.

Inson qadri bu...

Prezident saylovoldi dasturidagi asosiy şior bölgan inson qadri haqida yana gapirdi. Şavkat Mirziyoyevning aytişiça, kommunal şaroitlarning yaxşilanişi inson qadri demak: «Inson qadri bu – gaz, «svet», suv, asfalt yöl bölişi. Bu narsalar bölsa, odamlar rozi bölişini ham kördik-ku», dedi davlat yetakçisi.

Töqayev e’tirofi va Kun.uz kötargan muammo

Körsatuv davomida Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayevning Özbekiston haqida aytgan gaplari ham keltirildi. «Biz eplab 3-4 ta neft-kimyo zavodi qura olmadik. Masalan, qöşni Özbekiston noldan 2-3 ta zavod qurdi», degan Töqayevning sözlari qöşni davlat rahbarining e’tirofi ölaroq tilga olindi.

Muallif Xayrulla Nuriddinov Kun.uz e’lon qilgan tanqidiy materialni ham «Menimça» körsatuviga olib çiqdi. 15 yanvar kuni keçasi Andijon viloyat perinatal markazi hududidagi 12 tup noyob qarağay kesib taşlangani ilk marta Kun.uz’da e’lon qilingandi. Muallif bu muammo haqida gapirar ekan «farosatli va insofli ijroçiga» köp narsa boğliq ekanini aytdi.

Maşinada yurmaydigan boyvaççalar

Körsatuv davomida prezident transport vaziri Ilhom Mahkamovning jamoat transporti haqidagi taqdimotini tanqid qilgani aks etgan video ham körsatildi. «Menga umumiy gap emas, aniq reja kerak. Körsatgan taqdimotingda birorta raqam yöq, faqat taklif, tavsiya. Bunaqa bölmaydi axir, sen mening vakilimsan.

400 ta elektro avtobuslar olib kelamiz deyildi, qaçon keladi? Köproq mahalliydan oliş kerak. Kimda qanday taklif bor [beringlar]. Birortasi şaharni bilmaydi, hammasining maşinasi bor, boyvaççalar. Men ham avtobusga çiqay, xodimlarimning dunyoqaraşi ösibdi, dey.

Har bir tuman böyiça işlaş kerak. Çunki Özbekiston faqat Toşkentdan iborat emas. Kuçingiz yetmasa, özim tuman hokimlarini çaqirib işlay», dedi prezident vazirga qarata.