«Barchasi nazorat ostida, vahima uchun sabab yo‘q». Zelenskiy - Ukraina sharqidagi vaziyat haqida
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi yig‘ilishidan keyin qilgan videomurojaatida mamlakat sharqidagi vaziyat vahimaga tushish uchun asos bo‘lmasligi haqida gapirdi.
«Barchasi nazorat ostida. Vahimaga o‘rin yo‘q», degan Zelenskiy.
U hukumat vaziyatni barqarorlashtirish uchun «hamkorlar, diplomatlar va harbiylar» bilan birgalikda ish olib borilayotganini ma’lum qilgan.
«Biz vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish orqali keskinlikni to‘liq yumshatish ustida ishlayapmiz. Barchasidan xabardor bo‘lgan holda hammasiga tayyormiz, biz eng yaxshisiga ishonamiz hamda sheriklarimiz, diplomatlarimiz va harbiylarimiz bilan birgalikda zarur barcha narsani qilyapmiz. [Harbiylar] bizni himoya qilyapti, biz esa ularni himoya qilishimiz, «hamma yo‘qolib qoldi» deb baqirmasdan, xotirjamlikni saqlashimiz kerak», deydi Ukraina prezidenti.
So‘nggi haftalarda G‘arb mamlakatlari Rossiya yaqin vaqt ichida Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi borasida xavotirlar bildirmoqd. Bu xabarlar fonida NATO Sharqiy Yevropaga qo‘shimcha kuch tashlashga kirishdi, ayrim davlatlar Kiyevdan diplomatlari evakuatsiyasini boshladi.
Tan olinmagan DXR rahbari Denis Pushilin 24 yanvar kuni Ukraina ayirmachilarning pozitsiyalariga hujum qilishga tayyorlanayotgani haqida aytdi. Avvalroq Vashingtondagilar Moskva bosqinni «ukrain yetakchilari o‘rtasida jangarilik kayfiyati kuchaygani» bilan oqlashi mumkinligi haqida aytgandi.
Moskvadagilar bosqinga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi gaplarni qat’iyan rad etib keladi.
Mavzuga oid
15:06
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi - Reuters
14:22
Parij: Ukraina Rossiya hududiga SCALP raketalari bilan zarba yo‘llashi mumkin
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
22:08 / 23.11.2024