Özbekiston energetik kollaps yuzaga kelişi sabablari haqida turli taxminlar bildirilmoqda. Nosozlik bir vaqtning özida uçta davlatni qamrab olgani, bunaqasi oxirgi yillarda deyarli kuzatilmagani voqeada taşqi kuçlar ta’siri bölişi ehtimoli haqida fikrlarga undaydi.

Kiberjinoyatçilikka qarşi kuraş va axborot xavfsizligini ta’minlaş böyiça mutaxassis Kun.uz bilan suhbatda hakerlar hujumini ehtimoldan soqit qilib bölmasligini aytdi.

“Hakerlar hujumi ehtimoli bor albatta. Bunday holatlar dunyo amaliyotida bir neça marta uçragan. MDH davlatlaridan Ukraina energota’minoti sektoriga kiberhujumlar bölgani tasdiqlangan. Şuningdek Yevropa davlatlarida va hatto AQŞda ham bunday kiberjinoyatlar kuzatilgan, ta’minot bir neça soatga uzilgan va davlatga milliardlab dollar zarar yetkazilgan. Albatta, hakerlar ham anoyi emas, iz qoldirmaslikka harakat qilişadi.

Hakerlarga bundan nima foyda, degan savol tuğilişi tabiiy. Aksariyat hakerlar reallikdan uzoqlaşgan, öz olamida yaşaydigan odamlar bölişadi. Ular özlarini körsatiş uçun ham şunday harakatlarga qöl urişadi.

Özbekistonda bugun kuzatilayotgan holatni hakerlik hujumi deb baholaşga hali erta. Buni çuqur örganiş lozim va faqat vakolatli organlargina bunday xulosa berişga haqli.

Lekin bir jihat bor – Özbekiston energotizimi rivojlangan davlatlar singari töliq raqamlaştirilmagan. Bu holat bugungidek vaziyatlarda foyda berişi mumkin, ya’ni kiberhujumlar ehtimoli va samaradorligi past böladi”, – dedi mutaxassis.