Xususan, Toşkent aeroportida «Toşkent – Nur-Sulton» yönalişi böyiça HY-721 reysi yölovçilari röyxatdan, bojxona va pasport nazorati hamda xavfsizlik körigidan ötib bölgan. 60 ga yaqin yölovçi steril hududda, 30 ga yaqin odam röyxatga oliş zonasida bölib turibdi. Elektr ta’minotidagi uziliş tufayli yölovçilar xavfsizlik tekşiruvidan öta olmaydi. Keyingi çora-tadbirlar Uzbekistan Airways tomonidan amalga oşirilişi aytilgan.

Olmaota – Toşkent HY-762 reysi Navoiydagi muqobil aerodromga yöl oldi. Şuningdek, Air Astana aviakompaniyasining Olmaota-Toşkent yönalişi böyiça KC-127 reysi ekipaji jönab ketgan aeroportga qaytişga qaror qildi. 

Şuningdek, Namangan, Andijon, Farğona, Termiz, Qarşi, Urganç, Buxoro, Nukus va Samarqand aeroportlarida elektr energiyasi bilan boğliq muammolar kuzatilmoqda. Ayni paytda elektr energiyasi faqat Navoiy aeroportida mavjud.

Elektr tarmoqlarini ta’mirlaş işlari tugallangaç, aeroportlar yana işlay boşlaydi, deyiladi rasmiy xabarda.