Parranda go‘shti uchun subsidiya miqdori oshirildi
“Parrandachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 yanvargacha QQS to‘lovchisi bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga – o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, sotilgan parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun subsidiya miqdori 2 500 so‘m etib belgilandi, ilgari 1000 so‘m edi.
Subsidiya QQSdan vaqtinchalik ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi.
Bundan oldin, go‘sht, kartoshka, o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlar importiga berilgan QQS imtiyozlari 2022 yil 30 aprelga qadar uzaytirilishi xabar berilgandi.
2022 yil 30 aprelga qadar quyidagilar QQSdan ozod qilinadi:
- O‘zbekiston hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek, soya danagini olib kirish;
- o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
- go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek, ularni mamlakat hududiga olib kirish.
Mavzuga oid
17:04 / 15.11.2024
Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibi o‘zgardi
14:34 / 30.10.2024
2025 yilda qaysi yo‘nalishga qancha subsidiya ajratiladi?
15:50 / 05.10.2024
Tomchilab sug‘orish tizimini o‘rnatganlik uchun har bir gektarga 16 mln so‘m subsidiya ajratiladi
21:40 / 02.10.2024