Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-avgustdagi 443-son qarori bilan turistik startaplarni qöllab-quvvatlaş böyiça davlat xizmatini körsatişning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Hujjat 19-avgust kuni davlat röyxatidan ötkazilgan.
Qarorga köra, turistik startaplarni qöllab-quvvatlaş uçun Turizmni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan har yili eng yaxşi 10 tagaça loyihaga subsidiya ajratiladi.
Bunda startapni işlab çiqiş va amaliyotga joriy etiş bilan boğliq xarajatlarning 50 foizi, biroq 1 mlrd sömdan köp bölmagan qismi qoplab beriladi. Subsidiya bitta talabgorga bir kalendar yil davomida bir marta ajratiladi.
Turistik startap deganda turistik xizmatlarni rivojlantirişga qaratilgan, sayyohlar uçun dolzarb bölgan innovatsion xizmat, texnologiya yoki mahsulotni yaratişga qaratilgan yangi biznes loyiha tuşuniladi.
Subsidiya oliş uçun tadbirkorlik sub’yektining soliq va yiğimlar böyiça qarzdorligi bölmasligi, şuningdek, u bankrotlik yoki tugatiş jarayonida bölmasligi talab etiladi.
Talabgorlar subsidiya oliş uçun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Turizm qömitasiga ariza topşiradi. Arizaga startapni amalga oşiriş böyiça biznes-reja va startap loyihasining taqdimot nusxasi ilova qilinişi kerak.
Arizani körib çiqiş uçun tölov undirilmaydi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda elektron raqamli imzo ham talab etilmaydi.
Hujjatda belgilangan tartibga köra, arizalar har çorak yakunining 20-sanasidan 25-sanasigaça qabul qilinadi.
Turizm qömitasi raisi tomonidan turistik startap loyihalarini körib çiqiş böyiça maxsus komissiya şakllantiriladi. Komissiya talabgorning arizasi kelib tuşgan kundan boşlab beş iş kunida suhbat ötkaziş haqida xabarnoma yuboradi.
Suhbat videokonferensaloqa orqali yoki talabgorning şaxsan iştirokida ötkazilişi mumkin. Unda tadbirkor öz startapini taqdim qiladi va komissiya a’zolarining savollariga javob beradi.
Şundan söng komissiya 10 iş kuni içida loyihaning belgilangan talablarga muvofiqligini örganib, subsidiya ajratiş masalasi böyiça xulosa çiqaradi. Startapni baholaşda uning muayyan turistik xizmatni rivojlantirişga qaratilgani, sayyohlar uçun dolzarbligi hamda mavjud bölmagan yoki sezilarli darajada takomillaştirilgan yeçimni taklif qilişi inobatga olinadi.












