Qozoğiston janubidagi yirik şaharlarda ham «svet» öçgan. Bu haqda Orda.kz portali xabar bermoqda.
«Olmaota, Çimkent, Taroz, Jambil, Turkiston va mamlakat janubidagi boşqa şaharlar elektr energiyasidan uzilib qoldi. Olmaotada elektr quvvati yetişmasligi şaharning barça tumanlarida kuzatilmoqda.
Xuddi şunday muammolar Özbekiston va Qirğiziston şaharlarida ham uçrab turibdi. Toşkentda suv ta’minotida muammolar bor, svetoforlar, metro işlamayapti. Qirğizistonning Norin, Bişkek, Öş va Issiqköl viloyatlarida ham elektr energiyasi öçirilgan», deyiladi xabarda.
Taxminan soat 11:00 lardan boşlab Özbekistonning deyarli barça hududlarida elektr energiyasi tizimida uzilişlar kuzatilmoqda. Energetika vazirligiga köra, ayni paytda örganiş işlari olib borilyapti va tez orada ta’minot tiklanişi böyiça ma’lumot beriladi.
Xpress'ning yozişiça Markaziy Osiyo davlatlari elektr energiya tizimi özaro muvofiqlikda faoliyat yuritadi, şu sababli bir mamlakatda sodir bölgan yirik avariyalar bir lahzada boşqa davlatlar elektr ta’minotida ham seziladi. Mintaqadagi elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlaş bilan şuğullanuvçi «Energiya» nomli muvofiqlaştiruvçi dispetçerlik markazi Toşkentda joylaşgan.
Yalpi uziliş boşlanganiga qariyb 1 soat ötgan bölsa-da, biror elektr stansiyasida katta avariya röy bergani haqida aytilmayotganidan kelib çiqib, muammo tizim boşqaruvida ekanini taxmin qiliş mumkin.














