“Özsuvta’minot” AJ respublikada elektr ta’minoti bilan boğliq yirik uzilişlar nasoslar töxtagani sabab suv ta’minotiga ham ta’sir qilayotgani yuzasidan rasmiy axborot berdi.
“Respublika miqyosida elektr energiyasi bilan boğliq muammolar yuzaga kelgani sababli içimlik suvi yetkazilişida ham vaqtinçalik uzilişlar yuzaga kelmoqda. Çunki tizimlar bir-biri bilan çambarças holda işlaydi. Elektr energiyasi tiklanganidan söng ham texnik jihatlarni inobatga olib, suv ta’minoti tizimida keçikişlar bölişini ma’lum qilamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz”, – deyiladi jamiyat tarqatgan xabarda.














