Özbekiston fuqarolarining Umra ziyorati uçun 2022 yil 1 fevraldan Saudiya Arabistoniga har kuni bittadan reys, 10 fevraldan esa har kuni 2ta reys amalga oşiriladi. Bu haqda Özbekiston Musulmonlari idorasi ma’lum qildi.
Şuningdek, Ramazon oyi davomida kunlik reyslar soni 3tagaça oşirilişi ma’lum qilindi.
Eslatib ötamiz, özbekistonlik birinçi guruh ziyoratçilar şu yilning 22 yanvar kuni Umra ziyoratini amalga oşiriş uçun Saudiya Arabistoniga jönab ketdi.
Özbekiston Musulmonlari idorasi pandemiya talablari, Saudiya Arabistonida 15 foizlik QQSning joriy qilinişi hamda narx-navo kötarilgani sababli özbekistonlik umra ziyoratçilari uçun tölov miqdori oşirilgan, deya izoh bergandi.
Bundan taşqari, Musulmonlar idorasi Kun.uz ötkazgan suriştiruvga javoban, Umra-2022 safarini taşkil etişda nega arzonroq narx taklif etgan şirkat tanlanmaganiga izoh bergan edi.












