Özbekistonning aksar hududlarida 25 yanvar kuni elektr energiyasi, tabiiy gaz va suv ta’minoti uzilgandi. «Hududgazta’minot» gaz ta’minoti qayta tiklanayotgani sabab iste’molçilarga murojaat bilan çiqdi.
Qayd etilişiça, poytaxtda va mamlakatning boşqa hududlarida gaz ta’minoti bosqiçma-bosqiç tiklanmoqda. Şu munosabat bilan «Hududgazta’minot» AJ fuqarolardan uylar va xonadonlar içidagi gaz uskunalarini, xususan, gaz plitalarini, isitiş va suv isitgiç asboblarini hamda dudböronlarni puxta tekşirişni söragan.
«Maişiy uy yoritgiçlari va boşqa elektr jihozlarini yoqişdan oldin xonaga kirib, uning içida gaz hidi (boşqa begona hidlar) yöqligiga işonç hosil qilişingiz va faqat şundan keyingina elektr energiyasidan foydalanişingiz kerak»,- deyiladi xabarda.
Köp qavatli turar joy binolarida zamonaviy elektr asboblari va ikki konturli qozonlardan foydalanişda xavfsizlik texnikasiga amal qiliş zarur. Agar isitiş qozoni yertölada joylaşgan bölsa, u soz ahvolda ekaniga işonç hosil qiliş lozim.
«Hududgazta’minot» AJ fuqarolardan isitiş moslamalaridan foydalanişda öta ehtiyotkor bölişni va «zangori» yonilğidan oqilona, isrof qilmay foydalanişni iltimos qilgan.
«Hisobga oliş (ölçaş) asbobi öçib qolgan taqdirda, barça gaz işlatadigan uskunalarni öçirib qöyiş, söng markaziy kök rangli ENTER tugmasini uç marta bosib, 6 daqiqa kutib turiş kerak.
Gaz ta’minoti bilan boğliq muammolarni hal qiliş uçun keça-yu kunduz işlaydigan Call-markaziga (1104), avariya-dispetçerlik xizmatiga (104) hamda Facebook ijtimoiy tarmoğidagi «Gaz ta’minoti muammolari va ularni hal qiliş yollari» jamoat guruhiga murojaat qilişingiz mumkin», — deyiladi «Hududgazta’minot» murojaatida.









