Bundan oğir holatlar ham köp bölgan: tarixdagi eng yirik blekautlar
|17:02 / 27.01.202236 33012 min
25 yanvar kuni Markaziy Osiyoning uç davlati – Özbekiston, Qirğiziston va Qozoğistonning umumiy hisobda 40 milliondan ziyod aholisi elektr ta’minotidan uzilib qoldi. Bungaça bu kabi holatlar dunyoning boşqa mamlakatlari, jumladan AQŞda ham kuzatilgan.
Nyu-Yorkdagi 1977 yilgi blekaut. Photo by Allan TannenbauNyu-Yorkdagi 1977 yilgi blekaut. Photo by Allan Tannenbau
25 yanvar kuni Özbekistonning deyarli barça hududlarida, Qirğizistonning Norin, Bişkek, Öş va Issiqköl, Qozoğistonning Olmaota, Çimkent, Taroz, Jambil va Turkiston viloyatlarida elektr ta’minotidan uziliş holati kuzatildi. Bu esa uşbu hududlardagi jami 40 milliondan ziyod aholi hayotiga jiddiy ta’sir körsatgan.
Qayd etiş kerakki, uşbu holat kölami jihatdan tarixdagi eng yirigi emas. Bu kabi blekautlar öz vaqtida AQŞ, Kanada va Italiya kabi dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ham yuz bergan.
Umuman olganda, «blekaut» atamasi paydo böliş tarixi ötgan asrning ikkinçi yarmiga borib taqaladi. 1965 yilning 9 noyabr kuni AQŞ va Kanada energiya tizimida nosozlik yuz berişi oqibatida Qöşma Ştatlarning 7ta ştatida, Kanadaning ikki provinsiyasida elektr ta’minoti uzilib, bundan 30 million kişi jiddiy zarar köradi.
1977 yil 13 iyul kuni Nyu-Yorkdagi «Qörqinçli tun» esa 2003 yilgaça global energetika sanoatidagi eng yirik favqulodda hodisa sifatida körib kelingan. Çaqmoq urişi oqibatida ikkita asosiy elektr tarmoği işdan çiqadi va şahar 25 soat davomida elektr energiyasiz qoladi. Natijada Nyu-York köçalari öğri-talonçilarga tölib ketadi. Politsiya 3700 nafarga yaqin odamni hibsga oladi, 2 mingdan ortiq dökon talon-toroj qilinadi. Tahlillarga köra, öşa paytda yetkazilgan zarar hozirgi narxlarda milliard dollar atrofida bölgan.
Photo by NY Daily News Archive via Getty Images
Şu tariqa, tizimidagi nosozliklar sabab yirik hudud aholisining ma’lum vaqt davomida elektr energiyasi ta’minotidan uzilib qolişini anglatuvçi «blekaut» atamasi paydo bölgan.
Quyida kölami böyiça dunyodagi eng yirik elektr ta’minotidan uziliş holatlari haqida ma’lumot keltiriladi.
Hindiston, 2012 yil 30-31 iyul (700 millionga yaqin kişi jabrlangan)
Foto: Reuters
2012 yilning iyul oyi oxirida Hindiston dunyodagi eng yirik, öz tarixidagi ikkinçi blekautni boşidan keçirdi. Bu mamlakat şimoli va şarqidagi 28 ştatdan 22 tasida yaşovçi 700 millionga yaqin odamga ta’sir körsatgan. Yirik avariya natijasida mamlakatda elektr energiyasi işlab çiqariş quvvati 38 foizgaça qisqarib ketadi.
Mavzuga oid
1 avgustga qadar aksariyat hududlarda elektr ta’minoti tiklangan bölsa-da, bu bir qança noxuş oqibatlarni keltirib çiqargan. Masalan, harakatlanayotgan 300ta poyezd töxtab qolgan, bir neça yuzlab konçilar esa singan liftlar tufayli şaxtalarda qamalib qolgan.
Taxminlarga köra, yirik nosozlikka Nyu-Dehlida yoz öta issiq kelgani tufayli elektr energiyasi iste’moli köpaygani sabab bölgan, çunki bu yerda musson mavsumi odatdagidan keçroq boşlangan. Energiya uzilişi Panjob va Haryana ştatlarida şoli dalalarini suğoriş uçun zarur bölgan nasoslar ham işdan çiqişiga olib kelgan.
Hindiston, 2001 yil 2 yanvar (230 million kişi jabrlangan)
Ikkinçi eng yirik elektr quvvatidan uziliş holati ham Hindistonda yuz bergan. 2001 yil boşida Uttar-Pradeş elektr stansiyasida avariya yuz beradi, buning oqibatida mamlakatning şimoliy hududlaridagi 6 ştatda elektr ta’minoti bilan boğliq muammolar yuzaga keladi.
Mamlakat aholisining çorak qismi (230 million kişi, 2001 yil holatiga köra) istiqomat qiluvçi Nyu-Dehli şahri deyarli 12 soat davomida qoronğilikda qoladi. 15 soat davomida 80 ga yaqin elektr poyezdlari harakatdan töxtaydi, zaxira generatorlari bölmagan şifoxonalarda esa oldindan rejalaştirilgan yirik va murakkab operatsiyalar keyinga qoldiriladi.
Pokiston, 2021 yil 9 yanvar (200 million kişi jabrlangan)
Foto: AFP
2021 yilning 9 yanvar kuni 200 milliondan ortiq pokistonlik elektr energiyasisiz qoladi. Mamlakatning 114ta şahrida elektr ta’minoti butunlay uziladi. Taxminlarga köra, bunday ommaviy uzilişga elektr energiyasini taqsimlaş tizimidagi texnik nosozlik sabab bölgan.
Mamlakat rasmiylari esa nosozlik milliy elektr taqsimlaş tizimidagi quvvatning keskin pasayişi (nolgaça) tufayli yuzaga kelganini ta’kidlaşgan.
Bangladeş, 2014 yil 1 noyabr (150 million kişi jabrlangan)
archive.dhakatribune.com
Hindistonning qöşnisi Bangladeşda 2014 yilning 1 noyabr kuni sodir bölgan voqea butun mamlakat aholisini 10 soat davomida svetsiz qoldiradi. Bunga Bheramardagi elektr stansiyasida yuzaga kelgan nosozlik va Hindistondan elektr energiyasi olib keluvçi elektr uzatiş liniyasi işlamay qolgani sabab bölgan.
Bu mamlakatdagi barça zavodlar işi töxtab qolişiga olib keladi, kasalxonalar va aeroportlar esa generatorlar tufayli işlaşga ötadi. Baxsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etiş uçun deyarli bir kun vaqt ketadi.
Pokiston, 2015 yil 25 yanvar (140 million kişi jabrlangan)
Pokiston tarixidagi ikkinçi yirik blekaut 140 million odamni svetdan mahrum qiladi. Bu mamlakat aholisining 80 foizini (2014 yilgi ma’lumotlarga köra) taşkil qilgan.
Yirik nosozlikka sabab sifatida siyosiy omillar keltirib ötilgan. Janubi-ğarbiy Belujiston viloyatida mustaqillik talab qilib çiqqan namoyişçilar ikkita elektr uzatiş minorasini portlatib yuboradi. Natijada mamlakatdagi elektr stansiyalarining aksariyati işlamay qoladi va işlab çiqariş quvvati odatdagi 9000 MVt.dan 600 MVt.gaça pasayib ketadi.
Islomobod va Karaçi kabi yirik şaharlarga elektr ta’minoti tezlik bilan keyingi kuni tiklangan bölsa-da, nosozliklarni töliq bartaraf etiş uçun bir haftadan ortiq vaqt talab etiladi.
Indoneziya, 2019 yil avgust (120 million kişi jabrlangan)
2019 yil avgust oyida Indoneziyaning Yava oroli ham elektr ta’minotidagi yirik uzilişlarni boşdan keçirdi va bu 120 million odamga ta’sir körsatgan.
Töqqiz soatlik elektr ta’minotidagi uziliş transport tizimiga jiddiy ta’sir körsatadi. Avtobuslar harakatlaniş uçun yagona jamoat transport turi bölib qoladi. Şuningdek, orolliklar telefon aloqasi va internetsiz ham qolişadi. Bu Indoneziya orollaridagi birinçi blekaut bölmagan. 2005 yil avgust oyida ham Bali va Yava orolida 100 millionga yaqin odam svetsiz qolgandi.
Braziliya, 1999 yil 11 mart (97 million kişi zarar körgan)
1999 yilda quvvati jihatidan dunyodagi eng yirik GESlardan biri bölgan Itaypu çaqmoq urişi tufayli öçib qoladi. Buning oqibatida esa 160 million braziliyalikdan 97 millioni elektrsiz qolgan. Şu bilan birga, 60 mingga yaqin metro yölovçisi poyezdlarga qamalib qoladi.
Quvvatni tiklaş uçun bir neça hafta kerak böladi. Bu vaqtda talonçiliklarni töxtatiş uçun Rio-de-Janeyroga 1200 nafar politsiyaçi safarbar etilgan.
Muvaffaqiyatsizlikdan söng mutaxassislar Braziliyaning energetika infratuzilmasi öta zaif degan xulosaga kelişadi. Bunga mamlakatni elektr energiyasi bilan ta’minlaşning GESlarga haddan taşqari boğlanib qolgani, muqobil elektr uzatiş yöllari mavjud emasligi, bitta inşootda nosozlik bölsa, bu butun tizimni işdan çiqarişi mumkinligi kabi omillar asos sifatida keltirilgan.
Turkiya, 2015 yil 14 aprel (70 million kişi jabrlangan)
www.businesstimes.com.sg
2015 yilning aprel oyida Turkiyaning uçta elektr stansiyasi birdaniga işdan çiqadi. Avariya mamlakat hududining salmoqli qismiga, jumladan, Anqara, Istanbul, Antaliya, Trabzon va boşqa viloyatlarga ta’sir körsatadi.
SNN Turk telekanali ma’lumotlariga köra, mamlakatdagi 81 viloyatdan 30 tasi elektr energiyasidan qisman yoki töliq uzilgan. 70 millionga yaqin aholi 10 soatga yaqin vaqt davomida elektrsiz qoladi. Bu vaqtda jamoat transporti , zavodlar va hatto davlat idoralarida ham iş töxtagan.
Turkiya energetika vaziri Taner Yildiz avariyaga elektr uzatiş liniyalaridagi nosozliklarni sabab qilib körsatgan bölsa-da, kiberhujum versiyasi ham inkor etilmagan.
Braziliya, 2006 yil 10 noyabr (60 million kişi jabrlangan)
www.britannica.com
Elektr toki öçirilişiga yomon ob-havo va yuqori voltli elektr uzatiş liniyalaridagi qisqa tutaşuv sabab bölgan. Natijada Braziliya ştatlarining deyarli törtdan uç qismi (26 dan 18 tasi) elektr energiyasidan mahrum böladi. Umumiy yöqotiş 28 GVt.ni yoki Braziliyaning öşa paytdagi jami energiya iste’molining yarmidan sal kamroğini (45 foiz) taşkil etgan. Bir qança ommaviy axborot vositalarida uzilişlarga kiberjinoyatçilarning işi sabab bölgani taxmin qilingan bölsa-da, bu da’volar rad etilgan.
Italiya, 2003 yil 28 sentabr (56 million kişi zarar körgan)
2003 yilda Italiyaning (Sardiniya va Elba orollaridan taşqari) butun hududi 12 soat davomida elektr tokisiz qoladi. ASEA elektr kompaniyasi bunga mamlakatni Fransiya va Şveytsariya bilan boğlaydigan elektr uzatiş liniyalaridagi böron sabab yuzaga kelgan nosozlik ekanini ma’lum qilgan. Deyarli barça yirik şaharlarda hodisa oqibatlari keyingi kuni ertalab bartaraf etiladi. Italiyadagi uzilişlar Avstriya, Şveytsariya va Xorvatiya kabi mamlakatlarga ham öz ta’sirini ötkazgan.
AQŞ va Kanada (55million kişi zarar körgan)
2003 yilning 14 avgust kuni AQŞ va Kanadaning 55 million aholisi ham elektr energiyasiz qoladi. Nosozliklar oqibatida jami 263ta elektr stansiyasi, jumladan, 10ta atom elektr stansiyasi vaqtinça öz faoliyatini töxtatgan. Aksariyat hududlarda bir neça soat içida muammo hal qilingan bölsa-da, aholining bir qismi deyarli bir hafta davomida «svet»siz qolgan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, zarar miqdori 6 milliard dollarni taşkil qilgan.
Lotin Amerikasidagi «blekaut»lar
2019 yilda Lotin Amerikasining bir qator davlatlari ham elektr energiyasidan uzilib qoladi. Dastlab, mart oyida Venesuela öz tarixidagi eng yirik blekautni boşidan keçirgan.
Venesuelada blekautdan biroz oldinroq, 7 mart kuni va mamlakatning ğarbiy qismi qoronğilikka çömgan 8 mart kuni sun’iy yöldoş orqali olingan tasvirlar. NASA
Mamlakatdagi «Guri» gidroelektr stansiyasidagi muammolar tufayli elektr ta’minotida katta uziliş yuz beradi. Mamlakat rasmiylari bu holatga muxolifat va amerikalik hakerlarning hujumlari sabab bölgan degan bayonot bilan çiqişadi. Blekaut jamoat transporti işini amalda falaj holatga keltiradi, Karakas aeroportida önlab reyslar bekor qilinadi, metro işdan çiqadi, maktab va litseylarda esa darslar vaqtinçalik töxtatiladi. Öşa paytda Venesuela hududining deyarli 80 foizi elektr ta’minotisiz qolgan.
Urugvay poytaxti Montevideo aholisi svet kelguniça şam yoqib ötirişiga töğri kelgan / AFP/GETTY
Iyun oyida esa Argentina va Urugvay töliq, Braziliya va Paragvayning ba’zi hududlari elektr energiyasiz qolib ketgan. Bunga Argentinaning Lotin Amerikasi davlatlarida elektr ta’minoti xizmatlarini körsatuvçi Edesur kompaniyasi tizimidagi nosozlik sabab bölgan. Zarar körgan hududlarda poyezdlar va metro harakati töxtab qolgan. Elektr energiyasi uzilişi birgina Argentinaning özida 48 million kişiga ta’sir körsatgan.
Sönggi eng yirik blekaut 2021 yilning 9 oktabr kuni 6,8 million aholiga ega bölgan Livanda yuz bergan. Mamlakatdagi ikki yirik elektr stansiyasi – «Al-Zahroniy» va «Deyr-Ammar» Birlaşgan Arab Amirliklaridan mazut yetkazib berilişidagi uziliş tufayli işlaşdan töxtab qoladi va Livan zulmat qa’riga çömadi.
Yuqoridagi holatlardan farqli ravişda livanliklar elektr ta’minotidagi bunday uzilişlarga könikib ketişgan, Bayrutning köplab tumanlarida har kuni bir neça soatlab tok bölmaydi, ba’zida bir kunda 22 soat davomida svet yonmagan vaqtlar bölgan.
Köplab livanliklarning uyida dizel generatorlari örnatilgan, ammo dizel ham defitsit bölib qolgaç, undan foydalanişni faqat badavlat kişilargina özlariga ravo körişlari mumkin. Ötmişda Livanning energetik talabi asosan Suriya hududi orqali kelgan Misr gazi bilan işlaydigan IES orqali ta’minlangan. Ammo Suriyadagi ön yillik uruş tufayli gaz quvurlari va nasos stansiyalari öz faoliyatini töxtatgan.