Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida piyodalar yölakçasidagi daraxtlar ildizigaça betonlab ketilgan. Bu haqda viloyat ekologiya boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Qaşqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi Çiroqçi tumani bölimi inspektorlari tomonidan hududda ekologik nazorat reyd tadbiri ötkazilgan.
Nazorat tadbiri davomida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxtlar holati örganilgan.
Örganiş davomida Çiroqçi tuman Mustaqillik köçasi hududida piyodalar yölakçasida ösib turgan katta yoşdagi daraxtlar ildizigaça betonlab ketilgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, Ekologiya boşqarmasi xodimlari talabi bilan tezda daraxtlarning betonlangan ildizlari oçilib, suv quyiş va işlov beriş uçun qulay holatga keltirilgan.
Avvalroq Jizzax viloyati Mirzaçöl tumani Gagarin şaharçasida Xalqlar döstligi köçasining ikki tomoniga ekilgan 75 tup yoş daraxt piyodalar yölakçasi qurilayotganda betonlab taşlangandi. Şuningdek, Toşkent şahri Çilonzor tumani Lutfiy köçasidagi 56 tup daraxtning tagi landşaft yaratiş vaji bilan polietilen plyonka bilan örab taşlangandi.












