

Holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab böldi. Ekologiya qömitasidan ma'lum qilişlariça, jami 75 tup daraxtning atrofi betonlab qöyilgan.
Jizzax viloyati ekologiya boşqarmasi ma'lumotiga köra, trotuar qurilişini “Fayz-Baraka" MÇJ olib borgan.
Daraxtlardan 38 tupi arça, 7 tupi yasen, 1 tupi tut, 1 tupi akatsiya, 1 tupi gilos, 4 tupi qayrağoç, 7 tupi eldor qarağayi, 12 tupi aylant daraxtlaridir. Ekomutasaddilar aralaşuvi bilan betonlar buzib olingan va daraxtlar tagi yumşatilib, parvariş qilingan.



“MÇJning uşbu işga yöl qöygan xodimlariga nisbatan rasmiy bayonnoma rasmiylaştirilib, jarima belgilandi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Oktyabr oyida Kun.uz Çilonzor tumani Lutfiy köçasidagi 55 tup daraxtning tagi landşaft yaratiş vaji bilan polietilen plyonka bilan örab taşlangani haqida xabar bergandi. Obodonlaştiriş mutasaddilarining bu harakati natijasida daraxtlarning ayrimlari quriy boşlagan, ayrimlarining ildiz qismida çiriş belgilari paydo bölgandi. Köp ötmay bu daraxtlar Ekoqöm aralaşuvi bilan parvarişga olindi.
















