Özbekistonda ikkinçi kundirki köplab hududlarda svet öçiqligiça qolmoqda.
Energetika vazirligi Özbekistonda 26 yanvar kuni soat 22:00 holatiga köra elektr energiyasi bilan boğliq holat böyiça ma’lumot berdi.
«Umumtizimda yuzaga kelgan nosozliklar sababli mamlakatimizdagi mavjud gaz qazib oliş konlari va uni qayta işlaş zavodlarida texnologik jarayonlarning buziliş holatlari kuzatilmoqda. Bu esa, öz navbatida gaz işlab çiqariş hajmining kamayişiga olib kelmoqda.
Şu sababli, issiqlik elektr stansiyalarida gaz bosimi kamayişi kuzatilmoqda va bu elektr energiyasini işlab çiqariş hajmiga salbiy ta’sir körsatmoqda.
Iste’molçilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlaş borasida barça çoralar körib borilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etiş kerakki, vazirlikning ayni vaqtdagi vaziyat vazirlikning soat 4:00da bergan ma’lumotnomasidan jiddiy farq qiladi. Kun avvalida respublikaning 8 hududida - Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Farğona viloyatlarida elektr ta’minoti töliq tiklangani ma’lum qilingandi.
Endi esa Buxoro, Navoiy, Samarqand va Farğonada ta’minot töliq tiklanmagani, faqat Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston, Xorazm va Jizzaxda körsatkiç 100 foiz ekani ma’lum qilindi. Lekin Kun.uz ma’lumotiga köra, Jizzax viloyatining ayrim hududlarida kun davomida svet bölmagan.
1. Qoraqalpoğiston Respublikasi — Barça tuman va şaharlarida elektr ta’minoti mavjud (100 foiz).
2. Andijon viloyati (55 foiz) — Andijon şahar 75 foiz, Xonobod tumani 80 foiz, qolgan barça tuman va şaharlarda 40 foiz elektr ta’minoti mavjud;
3. Buxoro viloyati (80 foiz) — Qoraköl tumani 60 foiz, qolgan barça tuman va şaharlarda 100 foiz elektr ta’minoti mavjud;
4. Jizzax viloyati (100 foiz) — Barça tuman va şaharlarida elektr ta’minoti mavjud;









