Energetika vazirligi respublika hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bilan boğliq holat yuzasidan qöşimça ma’lumot berdi.

Soat 03:50 holatiga respublikada elektr energiyasi ta’minoti 70 foizga tiklangan. Bunda, birinçi navbatda aholi iste’molçilari va ijtimoiy soha obektlari elektr energiyasi bilan ta’minlangan.

Hozirgi paytda mavjud issiqlik elektr stansiyalarining energobloklari bosqiçma-bosqiç işga tuşirilişi davom ettirilmoqda.

«Toşkent şahri va respublikamizning ayrim viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti töliq tiklangan.

Biroq, ayrim nosozliklar tufayli transformator punktlari, podstansiyalar va kabel tarmoqlarida muammolar paydo bölişi va elektr ta’minotida uzilişi kuzatilgan holatlar bölişi mumkin.

Şu sababli, ba’zi xonadonlar hali ham elektr energiyasiga ulanmagan bölişi mumkin. Bu kabi muammolarni bartaraf etiş uçun maxsus brigadalar taşkil etilgan bölib, yuzaga kelgan muammolar zudlik bilan bartaraf etiladi», deyiladi vazirlik xabarida.

2022 yil 26 yanvar, soat 04:00 holatiga:

1. Qoraqalpoğiston Respublikasi — elektr ta’minoti töliq tiklangan;

2. Andijon viloyati — Andijon şahar 70 foiz, Xonobod 100 foiz, qolgan barça tuman va şaharlarda 10 foiz elektr ta’minoti mavjud.

3. Buxoro viloyati — elektr ta’minoti töliq tiklangan;

4. Jizzax viloyati — elektr ta’minoti töliq tiklangan;

5. Qaşqadaryo viloyati — Qarşi şahar 5 foiz, Ğuzor tumani 70 foiz ulangan. Muborak tumanidagi gaz konlariga va asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan;

6. Navoiy viloyati — elektr ta’minoti töliq tiklangan;

7. Namangan viloyati — Barça tuman va şaharlarda 70 foiz elektr ta’minoti mavjud;

8. Samarqand viloyati — elektr ta’minoti töliq tiklangan;

9. Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov şahri 100 foiz, Termiz şahri 100 foiz, Termiz tuman 70 foiz, Şerobod tumani 15 foiz, Oltinsoy tumani 70 foiz, Şörçi, Boysun, Qumqörğon tumanlari 10 foiz, Angor, Mizrobod, Jarqörğon, Qiziriq va Bandixon tumanlarida 5 foiz elektr ta’minoti mavjud;