Vazirlik 27 yanvar soat 14:00 holatiga köra, respublika hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bilan boğliq holat yuzasidan ma’lumot berdi. Unga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm, Toşkent viloyatlari va Toşkent şahrida 100 foiz, Namangan va Farğona viloyatlarida 91 foiz, Andijon viloyatida esa 89 foiz elektr energiyasi ta’minoti tiklangan.
Avvalroq Özbekistonning faqat 4 hududi elektr ta’minoti bilan 100 foiz ta’minlangani, umumtizimda yuzaga kelgan nosozliklar sababli mamlakatimizdagi mavjud gaz qazib oliş konlari va uni qayta işlaş zavodlarida texnologik jarayonlarning buziliş holatlari kuzatilayotgani, bu esa gaz işlab çiqariş hajmining kamayişiga olib kelayotgani, natijada issiqlik elektr stansiyalarida gaz bosimi kamayib, elektr energiyasi işlab çiqariş hajmiga salbiy ta’sir körsatayotgani aytilgandi.
Energetika vazirligi 26 yanvar kun avvalida respublikaning 8 hududida — Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Farğona viloyatlarida elektr ta’minoti töliq tiklanganini ma’lum qilingandi. Soat 22:00 da bergan ma’lumotida esa Buxoro, Navoiy, Samarqand va Farğonada ta’minot töliq tiklanmagani, faqat Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston, Xorazm va Jizzaxda körsatkiç 100 foiz ekani ma’lum qilindi. Lekin Kun.uz ma’lumotiga köra, Jizzax viloyatining ayrim hududlarida kun davomida svet bölmagan.









