Qirğiziston blekaut tufayli Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimidan çiqdi, deb xabar berdi «24.kg» mamlakat Energetika vazirligi matbuot kotibi Jiyde Zootbekovaga tayangan holda.
Ta’kidlanişiça, Qirğiziston yagona energiya halqasidan çiqqanidan söng mamlakatda elektr ta’minoti bosqiçma-bosqiç tiklana boşlagan. Ammo rasmiy Bişkek umumiy energiya halqasidan butunlay çiqqani haqida ma’lumot bermagan. “Toqtogul” suv omborining suv sathi “ölik çegara” darajasigaça tuşişi ehtimoli borligi sabab qöşni mamlakatlar tomonidan Qirğizistonga elektr energiya yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişgani haqida xabar berilgandi. Mantiqan öylab qaralsa, ayni paytda energiya ta’minoti boşqa mamlakatlarga boğliq bölib qolgan Qirğizistonning umumiy energetika tizimdan çiqqani nosozliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtinçalik holat bölişi mumkin.
Umuman olganda, tugatilib, yana qayta taşkil etilgan yagona energetika tizimi mintaqa mamlakatlari uçun qançalik ahamiyat kasb etadi?
Markaziy Osiyo birlaşgan energetika tizimi
Sobiq ittifoq vaqtida Markaziy Osiyoning gidroenergetikasi va dehqonçiligini rivojlantiriş yagona tizimga birlaştirilgan edi. Qirğiziston, Tojikiston, Özbekiston, Turkmaniston va Janubiy Qozoğistonni qamrab olgan Markaziy Osiyo energetika tizimi operatori rolini Toşkent bajargan. Aynan Özbekiston boşqa tört davlat bilan çegaradoş bölib, bu hol uni tabiiy ravişda mintaqaviy energiya habiga aylantirgan. SSSR parçalanganidan keyin 1997 yilda Qozoğiston, Özbekiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston örtasida energiya tizimlarining parallel işlaşi töğrisida şartnoma imzolanadi. Murakkab tizim beşta davlatning 83 ta elektr stansiyasini birlaştirgan va Toşkentdagi Muvofiqlaştiruvçi-dispetçerlik markazi tomonidan boşqarilgan.
Tizim elektr energiyaga mavsumiy talab va suvga ehtiyojlar özgarişlarini muvozanatlaştirişga imkon bergan. Tojikiston va Qirğiziston qişki vaqtda özidagi suv omborlarida suv yiğib, Qozoğiston, Turkmaniston va Özbekistondan elektr energiya va energiya zaxiralari (kömir va tabiiy gaz) olgan. Yozgi vaqtda Tojikiston va Qirğiziston yiğilgan suvni Özbekiston va Qozoğistonga yerlarni suğoriş uçun yönaltirgan.











