Bir neça kun oldin Davlat statistika qömitasi Özbekistonning 2021 yildagi taşqi savdo aylanmasi statistikasini e’lon qilgandi. Kun.uz mazkur yönalişdagi bir neça yillik statistikalarni özaro taqqosladi.
Tabiiy gaz
2018 yildan beri Özbekiston çetga 5,9 mlrd dollarlik (joriy narxlarda) tabiiy va sun’iy gaz sotgan. Statqöm 2018-2019 yillarda eksport tarkibidagi ayrim tovarlar statistikasida faqat tabiiy gazni körsatgan bölsa, 2020-2021-yillarda “tabiiy va sun’iy gaz” deb bergan. Quyidagi diagramma şu statistika asosida şakllantirildi (eksport qilingan resurslarning fizik hajmlari haqida ma’lumotlar oçiq manbalarda kam).

2018 yildan keyin çetga gaz sotiş 2019 yilda 7 foizga kamaygan, pandemiya davrida esa keskin qisqargan. Biroq 2021 yilda yana gaz eksporti şiddat bilan ösgan bölsa-da, hali 2019 yilgi eskport tiklanmagan. Bu Özbekiston pandemiyadan keyin gaz eksportini kamaytirganini körsatadi.
2021 yilning oktyabr oyida Özbekiston Xitoyga qiymati 601,3 mln dollarga teng 2,6 mln tonna gaz sotgani ma’lum qilingandi. Bu 2021 yildagi gaz eksportining qariyb 90 foizini taşkil qiladi. Körinadiki, ötgan yilda Özbekiston asosiy gazini Xitoyga sotgan.
Ma’lumot örnida, Özbekiston Xitoyga sotayotgan bir tonna gazi uçun 233,95 dollar oladi.
Joriy yil boşida Özbekiston Afğonistonga elektr energiyasi eksportini 60 foizga qisqartirgani ma’lum qilingandi.
Elektr energiyasi

2018–2021-yillarda Özbekiston xorijga 496,5 million dollarlik elektr toki sotgan.














