Qaşqadaryoda sodir bölayotgan kuçli şamol Qarşidagi bozorning tomini uçirgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, ayni paytda Qaşqadaryo viloyatining ayrim hududlarida noqulay ob-havo va qattiq şamol kuzatilmoqda.
Oqibatda, viloyat FVBga soat 14:53 gaça daraxt va boşqa qurilmalarning qulaşi bilan boğliq va ularning oqibatlarini bartaraf etişda amaliy yordam sörab 3 ta murojaat kelib tuşgan.
Jumladan, soat taxminan 14:20 larda Qarşi şahridagi Oqtepa ekobozorining tom yopmasi kuçli şamol ta’sirida qulagani töğrisida xabar kelib tuşgan.
Xabarga köra, aytilgan manzilga qutqaruv xizmatidan 2 ta bölinma jalb etilgan. Hozirda qutqaruvçilar tomonidan vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, bozor binosining 450 metr kvadrat tom qismi zarar körgan va bino yonida bölgan yuk avtomobili ustiga tom yopma konstruksiyasi qulab tuşgan.
Qayd etilişiça, yuk avtomobili va uning haydovçisiga hamda bino atrofidagi fuqarolarga heç qanday tan jarohati yetmagan.









