Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi yoşlarning korrupsiyaga qarşi kuraşdagi iştiroki borasida U-Report bilan hamkorlikda ötkazilgan sörov natijalarini e’lon qildi.
Unga köra, respondentlarning:
- 51 foizi korrupsiyaning mohiyatini töğri tuşunadi;
- 81 foizi korrupsion holatlar haqida xabar berişga tayyor;
- 46 foizi atrofdagilarning pora oliş/pora berişiga salbiy munosabatda.
Şuningdek, qatnaşçilarning 81 foizi Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşişga yoşlarni jalb etiş – korrupsiya darajasini pasaytirişga yordam beradi, deb hisoblaydi.
Sörovnoma qatnaşçilari ularni pora berişdan töxtatadigan eng katta sabab diniy e’tiqodga zid kelişi va poraning noqonuniy ekanligi, deb topişgan.

- E’tiqodga zid kelişi – 26 foiz;
- Noqonuniylik – 25 foiz;
- Qadriyatlarga/tarbiyaga zid ekanligi – 16 foiz;
- Jinoiy jazodan qörqişi - 9 foiz.
Qatnaşçilarning 9 foizi esa agar boşqa iloji bölmasa, pora berişdan heç narsa töxtatmasligini bildirgan.
Şuningdek, köpçilik yoşlar korrupsiyaga qarşi kuraşiş uçun mas’ul deb Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligini, özlari va huquqni muhofaza qiluvçi organlarni hisoblaşlarini bildirgan.
Qiziq ma’lumot: qatnaşçilarning 39 foizi esa pora berişni korrupsiya deb hisoblamaydi
Sörov natijalari şuni körsatdiki, respondentlarning 56 foizi korrupsiyaga qarşi kuraşda iştirok etayotganini his qilayotgan bölsa, 36 foizi salbiy javob bergan.
Sörov iştirokçilarining 53 foizi korrupsiya holatlari haqida xabar berişga tayyor, 29 foizi esa agar anonimlik saqlansagina, korrupsiya haqida xabar berişi mumkinligini bildirgan. 6 foiz qatnaşçi korrupsiya jinoyatlari haqida xabar berişdan qörqişini aytgan.
Respondentlar yoşlarni korrupsiyaga qarşi kuraşga samarali jalb etişning asosiy usullari deya yoşlar bilan korrupsiya oqibatlarini muhokama qiliş (18 foiz), korrupsiyaga qarşi kuraşiş aksiyalarini ötkaziş (17 foiz), korrupsiyaga qarşi kuraşiş loyihalari uçun grantlar e’lon qiliş (15 foiz) va bu işga köngillilarni jalb qiliş (11 foiz) deya hisoblaşadi.












