«Tuni bilan heç kim uxlamadi»

Teleloyihada Şavkat Mirziyoyevning 26 yanvar kungi yiğilişda 25 yanvarda kuzatilgan elektr uzilişi borasidagi gaplari ham körsatildi. Prezident öşa tunni bedor ötkazganini aytib berdi: «Avvalo OAVdan odamlarni ogohlantirişni söradim, çunki xalq sarosimaga tuşib qolişi mumkin edi. Metrodan qança odam çiqarildi, toğdan neça kişi olib çiqildi, neçta svetofor işlayapti, qayerda «GAI» turibdi, telefon nima böldi – bular haqida har daqiqa xabar berdik. Hammani «baqirtirdim», baqiringlar, dedim. Heç kim uxlagani yöq keçasi, birorta odamni yöqotmaylik deb harakat qildik.

Bu juda katta ofat böldi, şunçaki hisoblagiçni oçib tuzatadigan avariya emas. Hamma narsani öçirişimizga töğri keldi. Men stansiya yonib ketişidan qörqdim. Sirdaryodagi stansiya yonib ketgan, 1982 yoki 1983 yil edi. Mana şunday avariya bölgan, oltita stansiyaning hammasi yonib ketgan. Şu sabab boş vazir bilan doimiy aloqada böldim, bir kunda qança soçimiz oqardi...», dedi prezident.

«Sen ham eplolmasang, vazirlikni yopiş kerak»

Şavkat Mirziyoyev faoliyatini boşlaganidan buyon mamlakatdagi asosiy muammolardan biri kadr topiş ekanini aytib keladi. Prezident hukumat vakillari bilan navbatdagi uçraşuvda bu haqda yana gapirib, soğliqni saqlaş vaziriga ham ogohlantiriş, ham işonç ifodasi ohangida murojaat qildi: «Oldingi vazir mamlakatdagi vraçlarni tanimasdi, faqat Toşkentdagilarni bilardi. Sen bunday bölma, hamma vraçlarni tani, hatto QVPdagilarni ham. Sen ham eplolmasang, bu vazirlikni yopiş kerak», dedi prezident yangi soğliqni saqlaş vaziri Behzod Musayevga qarata.

«Xalqimiz bizga yana beş yillik işonç bildirdi, uni oqlaşimiz kerak»

Prezident hukumat a’zolariga yuzlanar ekan özbek xalqining yuksak işonçini oqlaş kerakligi haqida gapirdi: «Xalqimiz bizga yana beş yilga işonç bildirdi. Bu işonçni oqlaş uçun ikki hissa köp işlaş kerak», dedi prezident.

«Tadbirkor Özbekistonda işlab ketgan boşqa tadbirkordan söraydi»

Özbekiston iqtisodiyotiga keyingi 5 yilda 120 milliard dollar pul, şundan 70 milliard dollar investitsiya kirib kelişi kutilmoqda. Şavkat Mirziyoyev mamlakatda qulay investitsion muhit şakllanişi uçun hokimlarning örni kattaligini aytdi: «Har bir tuman, şahar hokimi tadbirkorlar bilan gaplaşib, 3-4 million dollar investitsiya olib kelmasa, nima qilib yuribdi hokim bölib?», dedi prezident.