Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Sharqiy Yevropadagi harbiylari sonini oshirmoqchi
London Sharqiy Yevropada joylashtirilgan harbiylari sonini ikki barobar oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Britaniya hukumati Ukraina atrofidagi keskinlik kuchayishi fonida Rossiyaga bosimni oshirish yo‘llari haqida o‘ylamoqda.
Bosh vazir Boris Jonson qo‘shimcha kuchlar yuborilishi «Kremlga aniq signal» bo‘lishini aytgan.
Bu vaqtda mamlakat mudofaa va tashqi ishlar vazirlari Moskvadagi muzokaralarga tayyorlanmoqda, Jonson esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazmoqchi.
Shu haftada Sharqiy Yevropaga borishni maqsad qilgan bosh vazir Britaniya «Rossiyaning beqarorlashtiruvchi harakatlariga toqat qilmasligi va hamisha NATO bo‘yicha ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlashi» haqida gapirgan.
«Agar prezident Putin qon to‘kish va vayronkorlik yo‘lini tanlasa, bu Yevropa uchun fojia bo‘ladi. Ukraina o‘z kelajagini tanlashda erkin bo‘lishi kerak.
Men qurolli kuchlarimizga kelasi haftada NATO bo‘yicha ittifoqchilarimizga quruqlikda, dengizda va havoda yordam ko‘rsatish maqsadida qo‘shinlarni Yevropa bo‘ylab joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdim», deya qo‘shimcha qilgan mamlakat bosh vaziri.
Rossiya 100 ming atrofida harbiy xizmatchisi, shuningdek tanklar, artilleriya va raketalarni Ukraina chegarasiga olib kelgan, ammo bostirib kirish rejasi yo‘qligini aytmoqda.
Britaniya Estoniyada 900 nafardan ortiq harbiy xizmatchisini joylashtirgan, Ukrainada o‘quv missiyasi doirasida 100 nafardan ortiq harbiy instruktor bo‘lib turibdi, shuningdek Polshada 150 nafarga yaqin yengil otliqlar eskadroni bor.
Dushanba kuni Britaniya tashqi ishlar vazirligi parlamentda Rossiyaning siyosiy va moliyaviy institutlariga qarshi sanksiyalar kuchaytirilishi haqida e’lon qilishi kutilmoqda.
Yevropada Britaniya harbiylari soni oshirilishi tafsilotlari Bryusselda NATO bo‘yicha ittifoqchilar bilan muhokama etilishi rejalashtirilgan. Dauning-stritdan xabar qilishlaricha, Estoniyada harbiylar soni oshirilishidan tashqari u yerga qo‘shimcha qurol-yarog‘ yetkazib beriladi. Bundan tashqari, Yevropaga qiruvchi samolyotlar, harbiy kemalar va harbiy mutaxassislar ham yo‘llanishi mumkin.
Britaniya mudofaa shtabi boshlig‘i, admiral Toni Radakin seshanba kuni vazirlar mahkamasiga vaziyat murakkablashgani bo‘yicha hisobot beradi.
Fevral oyi boshiga bosh vazir Jonsonning NATOga a’zo mamlakatlardagi hamkasblari bilan uchrashish uchun Yevropaning qit’adagi qismiga yana bir safari amalga oshirilishi mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026