Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning haftalik faoliyatiga bağişlangan «Menimça» loyihasining uçinçi soni efirga uzatildi. Unda prezident Özbekistonda elektr ta’minotida uziliş bölgan birinçi tunni qanday ötkazganini gapirib berdi.

«Keça birinçi OAVdan odamlarni ogohlantirişni söradim, çunki xalq sarosimaga tuşib qolişi mumkin edi. Metrodan qança odam çiqarildi, toğdan neça kişi olib çiqildi, neçta svetofor işlayapti, qayerda «GAI» turibdi, telefon nima böldi – bular haqida har daqiqa xabar berdik. Hammani «baqirtirdim», baqiringlar dedim. Heç kim uxlagani yöq keçasi, birorta odamni yöqotmaylik deb harakat qildik.

Bu juda katta ofat böldi, şunçaki hisoblagiçni oçib tuzatadigan avariya emas. Hamma narsani öçirişimizga töğri keldi. Men stansiya yonib ketişidan qörqdim. Sirdaryodagi stansiya yonib ketgan, 1982 yoki 1983 yil edi. Mana şunday avariya bölgan, oltita stansiyaning hammasi yonib ketgan. Şu sabab boş vazir bilan doimiy aloqada böldim, bir kunda qança soçimiz oqardi», dedi prezident.

25 yanvar kuni Marakaziy Osiyo yagona energetiya tizimida avariya sabab uziliş yuzaga keldi. 7 soatga yaqin vaqt davomida Özbekiston, Qozoğiston va Qirğizistonda 40 million odam elektrsiz qoldi.