Joriy yil 28 yanvar kuni Kun.uz’da “Samarqand şahridagi çorrahalarga qoidabuzarliklarni qayd etadigan kameralar qaçon örnatiladi?” sarlavhasi ostida tanqidiy maqola e’lon qilingandi. Samarqand viloyati IIB axborot xizmati maqolada tilga olingan muammolar yuzasidan munosabat bildirdi.

Munosabatda ma’lum qilinişiça, Kun.uz’da e’lon qilingan maqola yuzasidan viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan “köça poygalarini” aniqlaş böyiça reyd guruhi tuziladi. Söng keng jamoatçilik vakillari, jurnalist va blogerlarni jalb qilgan holda kunduzgi va tungi reyd tadbirlari olib boriladi.

Şuningdek, çorrahalarga qoidabuzarliklarni qayd etadigan kameralarni örnatiş borasida tegişli organlar bilan birgalikda amalga oşirilişi lozim bölgan zaruriy çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilmoqda.

«Albatta, çorrahalarda kuzatuv kameralari örnatilişi va doimiy nazorat qilib borilişi sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni aniqlaş barobarida, yöl-transport hodisalarining oldini olişga ham xizmat qiladi», deyiladi munosabatda.

Ma’lumot uçun, 28 yanvar kuni Kun.uz’da tanqidiy maqola e’lon qilingandan biroz vaqt ötib, maqolada tilga olingan Mirzo Uluğbek va Mir Said Baraka köçalari çorrahasida uçta maşina iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Haydovçilarning özaro muloqotidan ularning ham poyga öynab kelayotganini anglaş mumkin edi.