3 fevral kuni haydovçilik guvohnomasini oliş uçun imtihon topşiriş böyiça Toşkent imtihon markazi taqdimoti bölib ötdi.

Yangihayot tumanida joylaşgan mazkur xususiy markaz – haydovçilik guvohnomasini oliş böyiça imtihon ötkaziladigan Özbekistondagi ilk avtomatlaştirilgan imtihon kompleksi hisoblanadi.

Oçiliş marosimida qayd etilişiça, avtomatlaştirilgan imtihon markazida sinovlar inson omilisiz, korrupsiyadan xoli böladi, faqat öqib tayyorgarlik körganlargina haydovçilik guvohnomasini ola oladi.

Imtihon qanday taşkillaştiriladi?

Imtihon topşiriş uçun kelgan nomzod röyxatdan ötgaç kassaga boradi va dastlab nazariy imtihon uçun tölov qiladi.

Tölov qilgaç, fuqaro kiriş qismida QR-kodli beyjigini tekşirtiradi. Kod orqali röyxatga olingani, hujjatlari töliqligi va tölov qilgani tekşiriladi. Nazariy imtihon xonalari 3ta, har bir xonada 25 kişidan, jami 75 kişi imtihon topşirişi mumkin.

Nazariy imtihonni birinçi urinişda topşira olmagan nomzod yana 7 kundan söng qayta imtihon topşirişi mumkin.

Imtihonni topşirib bölgan nomzod qaytadan tölov qilib, amaliy imtihon ötkaziladigan qismga boradi. Imtihon oldi nomzodlar amaliy imtihon jarayonini maxsus ekranlar orqali kuzatişi, sinovlar qanday tartibda ötişi haqida vizual ma’lumot olişi mumkin.

Bundan taşqari, amaliy maşğulotlarni nazorat qiliş maskani mavjud bölib, unda sinovlarda inson omili iştirok etmasligi, nomzodning qay tartibda imtihon topşirayotgani nazorat qilinadi.