Ta’kidlanişiça, huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda 18 ta holatda 2,5 kg.ga yaqin giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga çek qöyilgan. Şuningdek, 29,4 mln sömlik 1 730 quti tamaki mahsulotlari, 443 mln sömlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlari, 713,8 mln sömlik oziq-ovqat mahsulotlarining bojxona çegarasi orqali noqonuniy olib ötilişi bilan boğliq huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Brifingda 2021 yilda boşqarma tomonidan 1,4 trln sömlik bojxona tölovlari undirilgani, taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilarini qöllab-quvvatlaş maqsadida bojxona tölovlaridan 1 trln sömdan ortiq imtiyozlar berilgani ham aytib ötildi. Ötgan yilda viloyatdan 30 ga yaqin davlatga eksport amalga oşirilgan. Eksport qilingan asosiy tovarlar uran, kalava ip, metall va ulardan tayyorlangan buyumlar, töqimaçilik mahsulotlari, mineral öğitlar hisobiga töğri kelmoqda.