Andijon viloyatining nisbatan çöllaşgan hududi bölgan Uluğnor tumani fermerlari tuman hokimi bilan yuzaga kelgan nizodan norozi bölmoqdalar.

Uluğnor tumani yerlarida 204 ta fermer xöjaligi faoliyat olib boradi. Klaster tizimi joriy qilinganidan buyon tumandagi fermerlar “Vodiy sanoat faxri” MÇJ klasteri bilan şartnoma asosida işlaşmoqda.

Tuman fermerlarining bir guruhi “Vodiy sanoat faxri” klasteri bilan işlab manfaat topişmayotgani, uç yildan buyon klasterdan öz pullarini vaqtida ololmayotgani sabab viloyat hududida faoliyat yuritayotgan boşqa klaster bilan şartnoma tuzganliklari, biroq bu harakatlari tufayli hokimning qarşiligiga duç kelişgani haqida murojaat qilişdi.

Bundan taşqari, katta maydondagi hosildor yerlar klaster tasarrufiga ötgaç qarovsiz qolib, ayançli holga kelgani aytilmoqda.

Kun.uz fermerlarning tumanda faoliyat yuritayotgan klaster bilan emas, balki boşqa klaster bilan şartnoma imzolaşiga hokimlik nega qarşi bölayotgani sabablarini örgandi. Muammo yuzasidan fermerlar, tuman hokimi va viloyat qişloq xöjaligi mutasaddilari bilan suhbatlaşdik.

“Hokimdan xafamiz!” – uluğnorlik fermerlar

Tumandagi “Qirqqiz” fermer xöjaligi rahbari, 30 yillik tajribaga ega dehqon Şarofatxon Yapiyeva avvalgi klaster fermerlarning haqini vaqtida bermaganini aytadi.

“Klasterlik harakati boşlanganidan beri tumanimizdagi barça fermerlar “Vodiy sanoat faxri” klasteri bilan şartnoma tuzib işlab, klasterdan faqat çigit oldik, xolos. Uni ham 13 ming sömdan olib fermerlarga 19 mingdan ötkazdi. Klasterdan öz haqimizni olişimiz katta muammoga aylangan. Yalinib, yolvorib olamiz. Kreditni bankdan olamiz, kimyoviy öğitlarni “Qişloqxöjalikkimyo” yetkazib beradi, solyarkani neft taşkiloti yetkazib beryapti. Klaster rahbari yoki xodimlari fermerning oldiga kelib, “Nima muammolaringiz bor?” degan emas.

Özimiz uçun manfaatli klaster izlab, Xöjaobod tumanidagi “Fayz M”ga bordik. Rahbari yöq ekan. Xodimlariga “Agar sizlar bilan şartnoma tuzsak, qanday qulayliklar bor?” deya savol berdik. Ular yoqilğiga, kimyoviy öğitga, bergan pulimizga ustama qöymasligini aytdi. Bu biz fermerlar uçun zör şaroit axir. Klasterlar örtasida raqobat boşlanadigan payt keldi axir!