Uşbu qaror senatorlarning 23-yalpi majlisida qabul qilindi. Izohlanişiça, internet orqali tarqatilayotgan ğarazli ma’lumotlar, turli buzğunçi ğoyalar, odob-axloqni yemiruvçi illatlar aholini taşvişga solmoqda.
“.UZ” domenidagi veb-saytlarda milliy mentalitetimizga yot bölgan, fuqarolarning, şu jumladan yoşlarning ongi, ruhiyati, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga salbiy ta’sir körsatadigan, axloqsizlik, behayolik, pornografiya, şafqatsizlik, zöravonlik, qimor hamda tavakkalçilikka asoslangan öyinlar tarğibotiga xizmat qilişi mumkin bölgan materiallar yoki boşqa veb-resurslarga havolalar joylaştiriş (foydalanuvçilar tomonidan) kuzatilmoqda”, deyiladi ma’lumotda.
Bildirilişiça, keyingi vaqtlarda “ommaviy madaniyat” niqobi ostida yoşlar ongiga salbiy ta’sir etuvçi axloqiy buzuqlik va zöravonlik ğoyalarini tarqatiş, turfa yöllar bilan qonunçilikka zid ravişda boylik orttirişni, milliy-ma’naviy madaniyatga amal qilmaslikni, ularni özgartiriş va ayrim hollarda yöqotişni tarğib qiluvçi harakatlar uyuştirilmoqda.
“Şu bois, öquvçi yoşlarning ongiga zarar yetkazişi mumkin bölgan axloqsizlikni tarğib qiluvçi kontentlar, diniy adovatni qözğatuvçi, tavakkalçilikka asoslangan onlayn öyinlar, totalizatorlar, oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan hamda jamiyatda buzğunçilik ğoyalarini tarğib etadigan veb-resurslarga qarşi kuraşiş birgalikdagi ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi”, deyiladi Senat xabarida.

Majlisda senatorlar internetda yoşlar va voyaga yetmaganlar uçun milliy kontentni rivojlantiriş, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişi va zararli axborotdan himoya qiliş töğrisida Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovi yuboriş töğrisida qaror qabul qildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Milliy tiklaniş” va “Adolat” partiyalari Özbekistonda TikTok ijtimoiy tarmoğini butunlay bloklaşni taklif qilgan edi.
2022 yilgi davlat dasturiga binoan, yil oxirigaça Özbekistonda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yaratiladi, ularga töplagan auditoriyasiga qarab soliq imtiyozlari beriladi.












