AQŞ armiyasining şartnomalar böyiça qömondonligidan 8,54 million dollarlik kelişuv böyiça uçuvçisiz uçiş apparatlarini yetkazib beriş 2022 yil 30 noyabrgaça yakunlanadi. 

AQŞ Mudofaa vazirligi şartnoma böyiça qança Puma 3 AE tizimi taqdim etilişini oşkor qilmadi, biroq Shephard Defence Insight bunday dronning bittasini uçuvçisiz uçiş apparatlari uçun 225 000 dollarga baholamoqda. Bu Özbekistonga 38 ga yaqin uçuvçisiz uçiş apparatlari keltiriladi, degani. 

Puma 3 AE jangovar harakatlar zonasidagi bölinmalarga real vaqtda razvedka ma’lumotlarini töplaş imkonini beradi. Qurilma quruqlikda va dengiz şaroitida işlatilişi mumkin, uni bir kişi olib yuradi, qöldan işga tuşiriladi. 

Uçuvçisiz uçiş apparatining qanotlari kengligi 9,2 fut (2,8 m), maksimal uçiş oğirligi 15 funt (6,8 kg)ni taşkil qiladi. Apparat Mantis i45 kuzatuv bloki bilan jihozlangan. Uning parvozi davomiyligi kunning istalgan vaqtida uzluksiz kuzatiş va yuqori aniqlikdagi tasvirni çiqariş bilan taxminan 2,5 soatni taşkil qiladi. 

Uçuvçisiz uçiş apparati standart antenna bilan köriş çiziğida 20 kilometrgaça va LRTA (long-range tracking antenna) uzoq masofali kuzatuv antennasi bilan 60 kilometrgaça bölgan masofada vazifalarni bajaradi. Qurilma suv ötkazmaydi va suvga tuşişi mumkin. 

Qöşma Ştatlarning bu kompaniyasi Toşkent bilan avval ham hamkorlik qilgan - 2019 yilda törtta RQ-11 Ravenmini PUA uçuvçisiz uçiş apparatini yetkazib bergan.