«Özgidromet» 13–15 fevral kunlari Özbekiston hududiga Ğarbiy Qozoğiston orqali janubiy Ural hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelişi kutilayotganini ma’lum qildi.

Xabar qilinişiça, 13–14 fevralda respublika böyiça ba’zi joylarda şamol kuçayişi kutilmoqda, ayrim joylarda çang tözon kuzatiladi. Jumladan, 13 fevralda Qoraqalpoğiston Respublikasida şamol 17–22 metr/sekundgaça kuçayadi, 25–28 metr/sekundgaça ham kuçayişi mumkin.

14 fevralda respublika böyiça ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgaça, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Farğona viloyatlarining ayrim hududlarida 25–28 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin.

13 fevral kuni Qoraqalpoğistonda va 14 fevral respublika böyiça ba’zi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor), toğli hududlarda qor yoğiş kuçli bölişi mumkin.

15–17 fevralda keçasi harorat -4–7 darajagaça pasayişi kutilmoqda.

Dam oliş kunlari qanday ob-havo kuzatiladi

«Özgidromet» dam oliş kunlari qanday ob-havo bilan ötişi haqida ham ma’lumot bergan.

Qayd etilişiça, juma kuni Şimoliy Kavkaz hududlaridan respublikaning şimoliy hududlariga kirib kelgan nam va salqin havo massasi şanba kuni mamlakatning barça hududlarini qamrab oladi.

Respublika böyiça ba’zi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi kutilmoqda, faqat şimoliy hududlarda yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi va kunduzi 2-7 daraja iliqni taşkil etadi. Şuningdek, Qoraqalpoğistonda va Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toşkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda şamol 17-22 metr/sekundgaça kuçayişi kutilmoqda, ayrim joylarda çang tözon kuzatiladi.

Yakşanba kuni faqat Qoraqalpoğistonning ba’zi joylarida biroz qor yoğişi mumkin, qolgan hududlarda yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati keçasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliqni atrofida, kunduz kuni 5-10 daraja iliqni taşkil etadi. Şimolda şamol 17-22 metr/sekundgaça kuçayişi kutilmoqda, ba’zi joylarda esa 25-28 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin.

Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin.

12 fevralda respublikaning toğoldi va toğli hududlarida yomğir va qor körinişidagi yoğingarçilik, ba’zi joylarda kuçli böladi. 13 fevralgaça respublikaning toğli hududlarida qor köçişi xavfi bor.