“Kelgusi hafta avtomobilsozlik masalalarini ham körib çiqamiz. Odamlar norozi, biz tölab qöyganmiz, maşinani ber, ey davlat rahbarlari, deyapti. Nimaga desangiz, talab, Xudoga şukr, iqtisodiyotimiz rivojlanyapti, odamlarning maşinaga talabi oşib boryapti. Lekin şu bilan birga, biz yöl harakati tizimini xavfsizligini ta’minlaş böyiça mutlaqo boşqaça çoralarni körişimiz kerak”, – degan Şavkat Mirziyoyev.

“Menimça” körsatuvidan ma’lum bölişiça, prezident bu haqda 11 fevral kuni yöllardagi xavfsizlikni ta’minlaşga bağişlab ötkazilgan yiğilişda aytib ötgan.

Eslatib ötamiz, avtomobil bozorida monopol mavqega ega UzAuto Motors 20 dekabr kuni Nexia, Spark, Cobalt va Lacetti uçun şartnomalar tuzişni 1 fevralgaça töxtatganini ma’lum qilgandi. Biroq 1 fevraldan keyin ham kontraktatsiya tiklanmadi, qaçon tiklanişi ham noma’lum bölib turibdi.

Bungaça kompaniya avval tuzilgan şartnomalarni iste’molçilarning zarariga bir neça marta özgartirgan edi.

UzAuto Motors garçi bunga sabab sifatida mikroçiplar tanqisligini körsatayotgan bölsa-da, bu tanqislik kompaniyaga eksportni oşirişiga xalal bera olmayapti.

Kun.uz'dagi ma’lumotlarga köra, monopolist korxona 2021 yilda avtomobil işlab çiqarişni 16 foizga kamaytirgan, lekin eksportni 36 foizga oşirgan.

Oxirgi haftalarda birlamçi avtobozordagi tanqislik bois ikkilamçi avtomobillar narxi sezilarli oşdi.

Avvalroq deputat Rasul Kuşerbayev UzAuto Motors'dan avtomobil xarid qilişda oldindan tölov miqdori (85 foiz)ni pasaytiriş böyiça takliflar işlab çiqilayotgani, bu takliflar hukumatga kiritilişini ma’lum qilgandi.