Körsatuvda 11 fevral kuni prezident raisligida yöllarda inson xavfsizligini ta’minlaş borasidagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlariga bağişlangan videoselektor yiğilişidan lavha körsatildi.
Selektorda prezident Özbekistonda yöl harakati xavfsizligi masalasi izdan çiqib ketganini ta’kidladi.
“Oçiq gap, hammamiz buni taşlab qöygandik. Şu ahvolga kelib turibmiz hozir. Bu fojia, bu izdan çiqib ketgan soha. Har bir masalaning rejasi bor-ku. Ammo prezident aytmagunça, taşabbus yöq. Menga kun emas, soat yetmayapti masalalarning içiga kirişga”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident ölim bilan boğliq avariya öçoqlari bölgan hududlarni sanadi, ammo mas’ullar buni bila turib na bir taklif, na taşabbus berganini aytdi. “Öng quloği bilan ham, çap quloği bilan ham bugungi topşiriqlarni eşitiş va bajariş şart” dedi hamda köpçilikka sinov muddatini belgiladi, ayrimlar şu kunning özidayoq işdan olindi.
Jumladan, Namangan viloyati IIB boşliği, polkovnik Odil Otaxöjayev, Samarqand viloyati IIB YHXB boşliği, polkovnik Farhod Şayzoqov hamda Andijon viloyati IIB YHXB boşliği, podpolkovnik Saidolim Zingirovlar lavozimidan ozod qilindi.












