“Mustaqil bölganimizga 30 yil böldi, bu masalalar hozirgaça bor”
Xayrulla Nuriddinov muallifligidagi körsatuvning bu galgi sonida dastlab davlat rahbarining 8 fevral kuni hududlarda içimlik suvi ta’minotini yaxşilaş masalalari yuzasidan ötkazgan yiğilişidan lavha namoyiş etildi.
“9309ta mahalladan 4000tasida içimlik suvi bir sutkada 4-5 soat beriladi, 1,5 mingdan ortiq mahallada markazlaşgan içimlik suvi ta’minoti yölga qöyilmagan, 2000ga yaqin maktab, boğça, tibbiyot muassalari markaziy içimlik suvi tarmoğiga ulanmagani sababli suvni taşib kelişga majbur bölmoqda. Tasavvur qiling, 30 yil böldi mustaqil bölganimizga, bu masalalar hozir ham bor”, dedi prezident yiğilişda.
Şavkat Mirziyoyev hokimlarga murojaat qilib bu masalada taklif berişlarini söradi.
Prezident suv muammosidan aziyat çekayotgan har bir viloyatga alohida e’tibor qaratdi va kerakli yordam körsatilişini ta’kidladi.
Mirziyoyev bu muammoni hal qiliş uçun 2022 yilda budjetdan kamida 2 trln söm, xalqaro taşkilotlardan 245 mln dollar ajratilişini ma’lum qildi.
“Tanlov nomiga bölgan joyda natija bölmaydi”
Körsatuvda şuningdek, davlat rahbarining 10 fevral kuni Samarqand viloyatiga taşrifi haqida ham söz bordi.
“Tanlov töğri ötkazilgan joyda natija mutlaqo boşqaça. Qayerda tanlov yana öşa nomiga, eski hammom, eski tos bölgan joyda natija bölmaydi. Bunga kim aybdor? Sektor rahbarlari aybdor. Tuman hokimining nomzodi notöğri bölgan. Fidoyi hokim emas öşa”, dedi prezident hokimlar va sektor rahbarlari iştirokida ötgan yiğilişda.
“Hokimlar, bilinglar, men arqonni uzun taşlab qöyganman. Prezident ikkita nomzod berdi, ular iş qilar ekan, degan fikr notöğri. Ular iş qilmaydi, ular sizlarning siyosatingiz töğri yoki notöğriligiga xalq bilan muloqot qilib baho beradi”, deb ta’kidladi Mirziyoyev.












