«Xob bobo» ziyoratgohining 65 bahorni ko‘rgan shayxi Suyarqul Ostonaqulovning aytishicha, laylaklar ziyoratgohda uning yoshlik chog‘larida ham bo‘lgan.

Suyarqul Ostonaqulov

«Laylaklar Hindistonga borib kelishini olimlardan eshitganmiz. Yoshligimda ziyoratgohga Toshkentdan olimlar kelib, laylaklar haqida o‘rganish ishlarini olib borishdi. Laylak inlariga chiqish kerak bo‘ldi-yu, lekin ular balandlikka ko‘tarila olishmadi. Men u paytda 4 yoki 5-sinfda o‘qir edim. Uyalari tomon chiqib olib, laylaklarni ularga olib berib turdim. Oyoqlariga yozuvli tamg‘a o‘rnatishib ketishdi.

Olimlar Toshkentga jo‘nab ketishlaridan avval laylaklar qayergacha borishini tamg‘adan bilib otamga aytib ketamiz deyishgan edi.

Oradan bir yil o‘tib olimlar ziyoratgohga yana tashrif buyurishdi. Ular bu safargi kelishlarida laylaklar Hindistonga borishlarini aytishdi. Hindistonga biz o‘rnatgan belgini ko‘rishgan ekan. Qari laylaklar tog‘dan o‘ta olmagani uchun ziyoratgohda qolishar ekan. Yosh laylaklar esa sovuq tushdi deguncha Hindistonga uchib ketar ekan.

Laylaklar ziyoratgohda 100-150 ta bo‘lsa kerak. Ularni sanamaganmiz. Chor-atrofda yuraveradi ular. O‘zidan ko‘payaveradi. Birov ularga tegmaydi. Tekkani qo‘rqadi. Hindistonga uchib keta olmagan qari laylaklar doimgidek shu yerda qolib, zovur va ko‘llarda yuradi.

Laylaklar ovga chiqishadi. Ko‘llarga boradi. Qurbaqa va ilon ovlab tirikchilik qilib kelishadi»,